Alieva Farizaxon Abdulaziz qizi


1982
Yo‘nalishlar: Fan

Familiyasi, ism-sharifi: Alieva Farizaxon Abdulaziz qizi

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 30.06.1995 y. Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, Bog‘ishamolqishlog‘i

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Farg‘ona shahar 27- maktab.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Farg‘ona politexnika instituti

Faoliyat yo‘nalishi: 5321000 - “Oziq-ovqat texnologiyasi”

Xalqaro tadbirlarda ishtiroki: 2013 yilda Toshkent Avtomobil yo‘llar institutida Fond Forum tomonidan o‘tkazilgan yosh olimlarning xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida.

Erishilgan natijalari: 2015 yilda “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Alieva Farizaxon Abdulaziz qizi Xalqaro, respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda 12 ta tezis va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan.

Men, Alieva Farizaxon Abdulaziz qizi 1995 yil 24-iyunda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilganman.Millatim-o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiman.

2000-yilda Farg‘ona shahar 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabini 1-sinfiga qabul qilindim. 2009 - yilda 9 sinfni bitirib FarDU qoshidagi 2-sonliAkademik litseyning “Aniq fanlar”yo‘nalishini 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilindim. 2012-yili Akademik litseyni alo baholarga tamomladim.

2012 yilda Farg‘ona Politexnika instituti “Kimyo texnologiya” fakultetini “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishining 1-bosqichiga Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindim. Hozirda shu institutning 4-bosqich talabasiman.

Xalqaro, respublika va institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashib, 12 ta ilmiy maqola va tezisldar muallifidirman.

2014-2015 o‘quv yilida o‘tkazilgan “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashib,o‘qishdagi yutuqlarim natijasida, “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldim .

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit