Akbarov Muhitdin Ruxiddinovich


1553
Yo‘nalishlar: Fan

2011 yilda "Navoiy" nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Akbarov Muhitddin 1987 yil 1 yanvarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tavallud topgan.

O‘zining odobi va tashkilotchilik qobiliyati bilan u universitet talabalari orasida ajralib turadi va iqtidorli talabalardan biri sifatida o‘z ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Respublika gazeta va jurnallarda uning bir qancha ilmiy maqolalari nashr etilgan. Akbarov Qarshi davlat universiteti "O‘zbek tili va adabiyoti" mutaxassisligi bo'yicha 2-kurs magistranti bo'lgan.

Ayni vaqtda "Qissai Rag‘buziyning mavzuviy tasnifi va matniy tadqiqi" mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit