Abidov Xasanxodja Alisherovich


1139
Yo‘nalishlar: Tibbiyot

Familiya, ismi-sharifi: Abidov Xasanxodja Alisherovich

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 18.01.1994 yil Toshkent shahri

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Faoliyat yo‘nalishi: Pediatriya ishi

Xalqaro va Respublika anjumanlaridagi ishtiroki:

  • «ToshPTI talabalar ilmiy jamiyati 41-ilmiy amaliy anjumani» ishtirokchisi - -I darajali diplom bilan taqdirlangan. Toshkent 2013 yil.
  • «Tashqi qiyofa-madaniyat va salomatlik ko‘zgusi» deb nomlagan Respublika ilmiy amaliy anjumani ishtirokchisi - O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan «Tashakurnoma» sertifikati bilan taqdirlandi, Toshkent,2013 yil.
  • «IX - Xalqaro Pirogov talabalar va yosh olimlar ilmiy tibbiy anjumani » ishtirokchisi, Moskva, 2014 yil.
  • «Toshkent Talabalr ilmiy jamiyati 42 - ilmiy amaliy anjumani» ishtirokchisi - sertifikat bilan taqdirlandi, Toshkent, 2014 yil.
  • «ToshPTI Talabalar ilmiy jamiyati 43 - ilmiy amaliy anjumani» ishtirokchisi - III darajali diplom bilan taqdirlandi, Toshkent 2015 yil..
  • «O‘zbekiston Respublikasida dermatovenerologiya va kosmetologiyaning xolati va muammolarii» Xaoqaro ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchisi, Toshkeng, 2015 yil.
  • «ToshPTI talabalar ilmiy jamiyati 44-ilmiy amaliy anjumani» ishtirokchisi - I darajali diplom bilan taqdirlangan. Toshkent 2016 yil.
  • «Estetik tibbiyot va dermatologiyaning dolzarb muammolari» I-Xalqaro kongressi ishtirokchisi- sertifikati bilan taqdirlandi, Toshkent 2016 yil.
  • «Zamonaviy va olimlarning ilmiy tadqiqotlari»XV Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ishtirokchisi, Moskva, 2016.


Erishgan natijasi:

  • 2012-2013 o‘quv yilida Toshkent Pediatriya tibbyot institutining atoqli olimi “Professor Oqilov O.T.” nomidagi stipendiya soxibi.
  • 2016-2017 o‘quv yilida «O‘zbekiston vrachlar assotsiasi»stipendiyasi sohibi


Tarjimai hol

Abidov Xasanxodja Alisherovich 1994 yil 18 yanvarda Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida tug‘ildi. 2000 yilda Toshkent shaxridagi 249-maktabning 1-sinfiga qabul qilindi va ushbu maktabni 2008 yilda a’lo baholar bilan tugatdi. 2008 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi akademik litseyiga o‘qishga kirdi va shu o‘qishni 2011 yilda imtmyozli diplom bilan yakunladi. Maktabdagi va litseydagi o‘qishi davomida tuman va shahar miqyosidagi turli fanlardan o‘tkazilgan olimpiadalarda qatnashdi va bir necha bor sovrindorlar qatorida bo‘ldi, shuningdek a’lo o‘qishlari va na’munali xulqi uchun bir qator maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

2011 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga qabul qilindi va hozirda ushbu institutning 6-bosqich talabasi. Xorijiy tillardan ingliz va rus tillarini biladi. Talabalik davrida tibbiy ilmiy-amaliy anjumanlarda va olimpiadalarda faol qatnashdi va sovrindorlar qatorida bo‘ldi. 2012 yilda atoqli olim - prof. Oqilov A.T. stipendianti bo‘ldi. 2016 yil Respublika miqyosidagi nufuzli tanlov - «O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi» stipendiyasi sohibi nomiga ega bo‘ldi.

Institutning ilmiy-ijtimoiy xayotida muntazam ravishda qatnashib keladi. Har yil bo‘lib o‘tadigan TIJ ilmiy-amaliy anjumanida tezislari, o‘z maqolalari va ilmiy ishlari bilan muntazam ravishda qatnashib bir necha marotaba sovrindorlar qatorida bo‘ldi: 2012-yilda I darajali diplom bilan taqdirlandi; 2013 yilda sertifikat bilan taqdirlandi; 2014 yilda III darajali diplom bilan taqdirlandi; 2015 yilda I darajali diplom bilan taqdirlandi; 2016 yilda I darajali diplom bilan taqdirlandi.

2016 yil «Estetik tibbiyot va dermatologiyaning dolzarb muammolari» deb nomlangan I - Xalqaro kongressida o‘z ilmiy ishi bilan qatnashdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Davlatimizning va institutning ilmiy-ijtimoiy hayotida muntazam ravishda qatnashib keladi.

2013 yilda “Tashqi qiyofa - madaniyat va salomatlik ko‘zgusi” mavzusidagi loyihani ijro etdi va tengdoshlarini ortidan ergashtirib, ibratli faoliyat yuritishga harakat qilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtiroki ijobiy baholagan holda u “Tashakkurnoma” sertifikati egasi bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit