Abduvahobov Javohir Muzaffarovich


1711
Yo‘nalishlar: Musiqa

Abduvahobov Javohir Muzaffarovich


Abduvahobov Javohir 2008 yili R.Glier nomidagi RIMALitseyi o’zbek xalq cholg’ulari bo’limi Dutor bas mutaxassisligi bo’yicha 5 sinfga qabul qilindi.

O’ o’zining xulqi, odobi bilan va berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishi tufayli o’z tengdoshlari orasida hurmat qozonib kelmoqda. Dutor bas sirlarini qisqa davr ichida yaxshi o’zlashtirib oldi, bunga sabab uning nihoyatda mehnatsevarligi, tirishqoqligi qolaversa o’ziga o’ta talabchanligidir.

Shu o’quv yillar davomida litseyda bo’lib o’tgan barcha tadbirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

2010 yil O’zbek xalq cholg’ulari orkestri tarkibida “Nihol” davlat mukofotining tuman, shahar va Respublika bosqichlarida ishtirok etgan.

2012 yil aprel oyida litsey ichra o’tkazilgan “F.Mirusmonov” nomli-ko’rik tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2015 yil 21-23 mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Jivoy Rodnik” nomliVI Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit