Abdusalomov Firuz Abduxoliqovich


2197
Yo‘nalishlar: Fan

Ta`lim olgan maktabi: Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 12-umumiy o`rtata`lim maktabi.

Tahsil olayotgan oliy ta`lim muassasasi: O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Faoliyat yo`nalishi: 5120100 - filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili).

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

2015-yil Moskva shahridagi Xalqaro ilmiy va ta`lim markazi tomonidan “Ilmiy bahs-munozara; zamonaviy innovatsiyalar” mavzusidagi XXXIV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisi.

2015-yil Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli O`zbekiston Milliy kutubxonasida O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda AQSHning Toshkentdagielchixonasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan“Chet tillarini turli sohalarga yo`naltirilgan holda o`qitish: Imkoniyat va muammolar” mavzusidagi 1-Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchisi.

Erishgan natijalari:

2015-yil “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi”;

2007, 2008, 2009-yillarda Respublika umumta`lim fanlari olimpiadasining III viloyat bosqichida Huquqshunoslik fanidan faxrliI va II o`rinni egallagan hamda Faxriy yorliq bilan taqdirlangan, shuningdek, Respublika bosqichifaol ishtirokchisi hisoblanadi.

2013-yil Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 520-safarbarlik chaqiruv rezervi tomonidan harbiy xizmatni a`lo darajada bajarganligi uchun XIZMAT TAVSIFNOMASI;

2014-yil “Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi hamda Bobur tavalludining 531 yilligi”munosabati bilan Universitet tomonidan o`tkazilgan insholar ko`rik tanlovining 2-o`rin sovrindori;

2014-yil talabaning oilasiga Oliy ta`lim muassasasidagi a`lo baholari, namunali xulqi va erishayotgan yutuqlari uchunTASHAKKURNOMAyuborilgan.

2014-yil Malayziyaning O`zbekistondagi Elchisining suhbat bo`yicha maxsus tashakkurnomasi;

2014-yil Surxondaryo viloyati“Bobotog` tongi” ijtimoiy-siyosiy gazetasi Faxriy Diplomi;

2014-yil O`zbekiston Milliy universiteti Falsafiy tadqiqotlar o`quv-ilmiy kompleksi tomonidan Sertifikat;

2014-yil O`zDJTU “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti Kengashi tomonidan Maqtov yorlig`i;

2015-yil O`zDJTU hamda O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari Assotsiatsiyasi tomonidan“Chet tillarni o`qitishni CEFR asosida takomillashtirishning istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi faol ishtiroki uchun Sertifikat;

2015-yil O`zLiDeP“Yoshlar qanoti”ning“Yosh olimlar va mutaxassislar” loyihasi doirasida, ilmiy sohadagi erishayotgan yutuqlari hamda muvaffaqiyatli olib borayotgan izlanishlari uchun O`zLiDePSiyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2015-yil O`zDJTU “Tilshunoslik va til o`rganishning samarali uslublari” mavzusidagi iqtidorli talabalar ilmiy-anjumanida 1-o`rinni egallaganligi uchun Faxriy yorliq;

2015-yilda Toshkent shahri Sergeli tumani Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 32-sonli umumiy o`rta-ta`lim maktabida MALAKAVIY AMALIYOTini a`lo darajada o`taganligi uchun maktab ma`muriyati tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlangan.

Shuningdek, yana bir qator tanlov va musobaqalar g`olibi, xalqaro konferensiyalar faol ishtirokchisi hisoblanadi.

TARJIMAI HOL

Abdusalomov Firuz Abduxoliqovich 20.08.1990-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Obizarang mahallasida tug`ilgan. Millati - tojik. Ma`lumoti – Oliy. Uylanmagan. 1997-2006 yillarda Uzun tumanidagi 12-umumiy o`rta-ta`lim maktabini “A`lo darajali” shahodatnoma bilan tugatgan. 2006-2009 yillarda Termiz davlat universiteti qoshidagi 1-sonli Termiz akademik litseyini “Imtiyozli” diplom bilan tamomlagan. 2012-yilda O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili filologiyasi fakultetiga hujjat topshirib davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan. 2015-yil noyabr oyidan buyon Toshkent shahar Sergeli tumani “Barkamol avlod bolalar markazi” qoshida 32-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Ingliz tili” fanidan to`garakrahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2013-yilda Termiz shahridagi 520-safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni a`lo darajada o`tab, xizmat tavsifnomasiga ega bo`lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit