Abdurahmonov Abduqahhor Abduqodir o‘g‘li


185
Yo‘nalishlar: Iqtisod

Familiya, ism-sharifi: Abdurahmonov Abduqahhor Abduqodir o‘g‘li

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1993 yil, 16 dekabr, Surxondaryo viloyati

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi 21-umumiy ixtisoslashirilgan o‘rta ta’lim maktabi

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Makroiqtisodiyot

Erishgan natijalari:

  • 2013 yilda universitetda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovi g‘olibi.
  • 2014 yil 1 aprelda “O‘zbekiston iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda yosh olimlar tadqiqotlari va innovatsiyalarining o‘rni” mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin sovrindori.
  • 2015 yilda universitetda o‘tkazilgan Ingliz tili tanlovida “Themostcreativeidea” nominatsiyasi g‘olibi hamda shu yili 6 ballik “IELTS” sertifikatiga ega bo‘ldi.
  • 2015 yil 15 aprelda o‘tkazilgan “O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida yoshlarning o‘rni” nomli talabalar ilmiy-amaliy anjumanida 1-o‘rin sovrindori.
  • 2016 yil 8 aprelda o‘tkazilgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: erishilgan natijalar va rivojlanish istiqbollari”mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumanida 1-o‘rin sovrindori.
  • 2016yil “Mikro va makroiqtisodiyot” respublika fan olimpiadasiningrespublika bosqichida 1-o‘rin sovrindori.
  • 2016-2017 o‘quv yili uchun “Biznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

Tarjimai hol
1993 yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2000-2009 yillarda Uzun tumanidagi 21-umumiy ixtisoslashirilgan o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 2012 yilda TATU qoshidagi 2-akademik litseyni tamomlab, 2013 yildan hozirga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiyot fakulteti talabasi. 2016-2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit