Abdumavlonovlar A’zam, Farrux va Parviz


3259
Yo‘nalishlar: Sport, Sportning amaliy turlari

Aka-uka Abdumavlonovlar Bekobod tumanidagi Zafar qishlog’ida tug’ilgan. Ularning to’ng’ichi 13 yoshda, o’rtanchasi 11, kenjasi 9 yoshda. A’zam, Farrux va Parviz karate bo’yicha O’zbekiston, Osiyo va dunyo chempionatlari, qator xalqaro turnirlarda g’olib chiqishgan. Ular karate sirlarini dastavval padari buzrukvoridan o’rganishgan.


Tarjimai hol

1998 yili A’zam respublika chempionatida g’olib chiqqan. Shu yili Samarqandda o’tgan Osiyo birinchiligida uch aka-uka o’z mahoratlarini beqiyos darajada namoyish etishdi va A’zam ikkita, Farrux bilan Parviz esa uchtadan, jami sakkizta oltin medalni qo’lga kiritishdi. O’shanda Farrux sakkiz yoshga to’lgan, Parviz esa hali olti yoshga ham to’lmagan edi. Ular musobakaning uch turi jamoakata, uch kishilik kata va kumite yakka bellashuv bo’yicha beriladigan 9 ta oltin medalning faqat bir donasini qo’ldan chiqarishdi, xolos.

Abdumavlonovlar 1998 yili Yevropa kubogi musobakalarida bosh sovrinni ham qo’lga kiritishdi.

1999 yilning avgustida A’zam va Farrux Germaniyada bo’lgan jahon birinchiligida terma jamoamizga ikkita oltin, bitta kumush va bitta bronza medalini olib berishdi.

2000 yili uch aka-uka Vengriyada o’tkazilgan jahon kubogidan ham qo’sha-kusha medallar bilan qaytishdi. Shu mamlakatda bo’lib o’tgan "Santa-Klaus" xalqaro turnirida Abdumavlonovlar dunyoda hali hech kimga nasib etmagan muvaffaqiyatga erishishdi, ya’ni, har biri uchtadan, jami to’khizta oltin medalni qo’lga kiritishdi.

2001 yilning martida AQShning Atlanta shahrida bo’lib o’tgan jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etgan A’zam bilan Farrux ikki oltin, kumush hamda bronza medal-lariga sazovor bo’lishdi.

Shu yilning aprelida Tolьyatti (Rossiya) shahrida o’tgan hamdo’stlik kubogi musobaqalarida uch aka-uka 4 ta oltin, 4 ta kumush medalga sazovor bo’lishdi.

Prezident Islom Karimov iqtidorli yosh karatechilarni kabul qilib, bag’riga bosib:

- Bular - mustaqillik farzandlari, mening nevaralarim, - degan edi. - Biz ekkan istiqlol nihollari bugun mana shunday ajoyib hosil bera boshladi.

Yurtboshimiz nazariga tushgan iktidorli aka-ukalar Bekoboddagi 6-maktabda a’lo baholar bilan o’qishmokda. Ular hozirgacha qo’lga kiritgan medallar soni 74 taga yetdi. Shuning 48 tasi oltin medallardir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit