Abdumajidov Anvar Abdumalikovich


1784
Yo‘nalishlar: Fan

Familiya, ism-sharifi: Abdumajidov Anvar Abdumalikovich

Tug’ilgan yili, kuni va joyi:

1995 yil, 4-may, Toshkent shahri

Ta’lim olgan maktabi: Toshkent shahri 4-sonli o’rtamaktab

Tahsil olgan va olayotgan ta'lim muassasasi:

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litseyi

Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti

Faoliyat yonalishi:

Bir yillik o’simliklar sellyulozasi va mahalliy ikkilamchi tolali resurslar ishtirokida yozuv qog’ozi olish imkoniyatlarini o’rganish

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

Erishgan natijalari:

Yil Tadbir nomi Natijasi
2013-2015 yillar 4 ta ilmiy maqolasi, 6 ta ilmiy ma’ruzalar tezislari chop etilgan, ilmiy ishlar natijalarini korxonalarda sinovdan o‘tkazishda qatnashgani haqida 4 ta dalolatnoma mavjud; Nashr etilgan maqolalar, dalolatnomalar
2015-2016 o’quv yili 2015-2016 o‘quv yili uchun nomdor Davlat stipendiyalari tanlovida qatnashib, Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan. Guvohnoma

Tarjimai hol:

Men, A.Abdumajidov 1995 yil, 4-mayda Toshkent shahrida tug‘ildim. 2001 yilda Toshkent shahridagi 4-o‘rta maktabga o‘qishga borib, uni 2010 yilda a’lo baholar bilan yakunladim va shu yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litseyga aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdim. 2013 yil sentyabrda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining «To‘qimachilik sanoati texnologiyasi» fakultetiga 5320400 – «Kimyoviy texnologiya (to‘qimachilik, yengil va qog‘oz sanoati)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdim. Institutda barcha semestrlarda hamma fanlarni faqat a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan birga fakultetda va «Kimyoviy texnologiya» kafedrasida o‘tkazilgan turli tadbirlarda va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqdaman. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va «Institut iqtidorli yoshlar akademiyasi» ning a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqdaman.

Ilmiy rahbarim, «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi mudiri, t.f.d. I.A.Nabieva boshchiligida «Bir yillik o‘simliklar sellyulozasi va mahalliy ikkilamchi tolali resurslar ishtirokida yozuv qog‘ozi olish imkoniyatlarini o‘rganish» nomli zamonaviy va dolzarb mavzu bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdaman. Bajargan ishlarim natijalari asosida 4 ta ilmiy maqola, Xalqaro ilmiy konferensiya maqolalari to‘plamida 1ta, Respublika konferensiyalari ilmiy maqolalari to‘plamlarida 5 ta ilmiy maqolalar tezislari chop etilgan. Konferensiyalarda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza g’olibi” bo’lg’anim haqida 2 ta faxriy yorlig’im mavjud. Ilmiy ishlarni ishlab chiqarishda sinovdan o‘tkazishda qatnashganim bo‘yicha korxonalar tomonidan tasdiqlangan 4 ta dalolatnoma mavjud.

2013-2014 yillarda Toshkentdagi «LANGART EDUCATIONAL GROUP» o‘quv markazida 4 bosqichda («BEGINNER», «ELEMENTARY», «PRE-INTERMEDIATE», «INTERMEDIATE») ingliz tilini o‘rganish kurslarida o‘qidim, tegishli sertifikatlar mavjud. Hozir kompyuter savodxonligi kursida o‘qimoqdaman. 2015-2016 o‘quv yili uchun nomdor Davlat stipendiyalari tanlovida qatnashib, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldim. O‘zim haqimda yana shuni ma’lum qilamanki, oilada 4 kishimiz: otam, onam, opam va men. Ota-onam oliy ma’lumotli, opam esa institut talabasi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit