Abdullaеva Gulhayo Abdullaеvna


2652
Yo‘nalishlar: Madaniyat, Tasviriy san'at

Tug’ilgan yili, kuni va joyi: 20.05.1994 yil. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug’ilgan.

Ta'lim olgan maktab: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 19-sonli maktab.

Tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Faoliyat yo‘nalishi: Hattotlik va miniatyura, 3-kurs talabasi

Xalqaro tadbirlarda ishtiroki: Xalqaro tadbirlarda ishtirok etmagan

Erishgan natijalari: 2013 yil O‘zbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Shu yilning o‘zidayoq “Tashabbus-2013” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi laureati bo‘lgan. 2014 yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Tasviriy san'at festivali”da “Mahorat darsi” namoyishlari va asarlaridagi yangiliklari uchun diplom bilan taqdirlangan. Hamda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning xotirasiga bag’ishlangan tanlov-ko‘rgazmada ijodiy ishlari bilan ishtiroki va erishgan yutuqlari bilan diplom bilan taqdirlangan. 2014 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va partiyalari nomzodlarining sayloviga bag’ishlab “Vatan sening qo‘lingda!” shiori ostida o‘tkazilgan rasmlar tanlovida II-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2015 yil mart oyida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan Kamoliddin Behzod memorial-bog’ muzeyida Kamoliddin Behzod tavalludining 560 yilligiga bag’ishlab o‘tkazilgan “Buyuk musavvir vorislari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman va miniatyura rassomlari ko‘rgazmasida diplom bilan taqdirlangan. 2015 yil Navoiy nomli Davlat stipendiyasining “Madaniyat va san'at” yo‘nalishi bo‘yichag’olibasi bo‘ldi.

TARJIMAIHOL

Abdullaeva Gulhayo Abdullaevna 1994 yil 20 mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ziyoli oilada tug’ilgan. 2000-2009 yillarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahriga qarashli 19-sonli maktabni a'lo baholarga bitirgan. 2009-2012 yillarda Respublika rassomlik kollejini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2012 yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Hattotlik va miniatyura” yo‘nalishi bo‘yicha 1-kursga o‘qishga qabul qilindi. G.Abdullaeva ta'lim olish bilangina cheklanib qolmasdan, balki mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan tasviriy san'at ko‘rgazmasi va ko‘rik-tanlovlarida o‘z ijodiy ishlari bilan muntazam, faol ishtirok etib, qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Guruhda faol va yetakchi talabalar safidan o‘rin olgan. 2010 yildan hozirgi kunga qadar “Hunarmand” uyushmasi a'zosi.

Istiqboldagi rejalari mamlakatimiz husni-jamoli va ayni paytda ro‘y berayotgan obodonlashtirish jarayonlarini mahalliy xom-ashyolardan yaratilgan antiqa suvenir va buyumlar yuzasiga tushirishdir. Mahsulot xilma-xilligi va sifat darajasini oshirib, jahon halqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etish.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit