Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li


1955
Yo‘nalishlar: Matematika, Fizika

Familiya, ismi-sharifi: Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li

Tug’ilgan yili, kuni va joyi: 1994 yil 6 mart, Namangan viloyati

Ta’lim olgan akademik litseyi: Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Faoliyat yo‘nalishi: Informatika va axborot texnologiyalari

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

  • 2015 yil Pereyaslav-Xmelnitskiy, Ukraina, “Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire” VIIXalqaro ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi;
  • 2016 yil Voronej, «Informatika: problemi, metodologiya, texnologii» XVI Xalqaro ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi;
  • 2016 yil Pereyaslav-Xmelnitskiy, Ukraina, “Aktualnie nauchnie issledovaniya v sovremennom mire” XVIII Xalqaro ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi;
  • 2016 yil Pereyaslav-Xmelnitskiy, Ukraina, “Aktualnie nauchnыe issledovaniya v sovremennom mire” XIX Xalqaro ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi.

Tarjimai hol

Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘li 1994 yil 6 martda Namangan viloyatida tavallud topgan. 2001 yil 67-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilingan, 2005-2006 yillar 12-maktabda, 2006-2007 yillar 52-sonli gimnaziyada va 2007-2010 yillar mobaynida 19-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida taxsil olgan. 2010-yil shu maktabni a’lo baholar bilan tamomladi.

Shu yilda Namangan Davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyga o‘qishga qabul qilingan. Litseyni 2013 yil a’lo baholarga tugatgan. Shu yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot kommunikatsion texnologiyalari sohasida kasb ta’limi fakulteti 4-bosqich talabasi. 20 dan ortiq ilmiy maqolalari muallifi, 10 dan ortiq dasturiy ishlanmalarining mualliflik guvohnomasiga ega, 30 dan ortiq diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar sohibi.

Ilmiy tadqiqot loyihalarida asosiy o‘qishdan tashqari vaqtda ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun jamoatchi yordamchi va ijrochi sifatida ishtirokchi hisoblanadi.

Hozirda Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar ustida izlanmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit