Abdugapparova Shodiyona Adashali qizi


1173
Yo‘nalishlar: Fan, Adabiyot

Familiya, ism-sharifi: Abdugapparova Shodiyona Adashali qizi;

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 18.08.1993. Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani;

Tahsil olgan maktabi: Namangan viloyat Uchqo‘rg‘on tuman 10 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti;

Faoliyat yo‘nalishi: O‘zbek tili va adabiyoti.

Xalqaro tadbirlarda ishtiroki:

  • “Aktualnie nauchnie issledovaniya b sovremennom mire”. Xalqaro internet konferentsiya. Ukraina 2015 № 8. “Ma’naviy kamolotga maktab bo‘lgan qahramon (Chingiz Aytmatov “Birinchi muallim” qissasi misolida)”.
  • “Aktualnie nauchnie issledovaniya b sovremennom mire”. Xalqaro internet konferentsiya. Ukraina 2016 № 9. “Inson ruhiyati va ma’naviy dunyoqarashining badiiy tasviri (Chingiz Aytmatov asarlari tahlilida)”.
  • “Professionalnoye stanovleniye lichnosti XXI veka v sisteme neprerivnogo obrazovaniya: teoriya, praktika i perspektivi”. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filiali tomonidan tashkil etilgan xalqaro internet konferentsiya. 2016 aprel. “Shaxs tarbiyasini shakllantirish ta’lim tizimining ustuvor vazifasi (Chingiz Aytmatov “Birinchi muallim” qissasi talqinida)”.
  • “Improvement of monitoring in educational training work in the operation of uninterruptedly education system”. Collektion of scientific articles. Tashkent-Beijing. 2016 may.“Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususida(Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani misolida)”;
  • “Improvement of monitoring in educational training work in the operation of uninterruptedly education system”. Collektion of scientific articles. Tashkent-Beijing. 2016 may.“Chingiz Aytmatov qissalarida ruhiyatning badiiy talqini”.


Erishgan natijalari:

  • 2007 yil “Eng she’rxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi Namangan viloyati g‘olibi;
  • 2007 yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichida tuman g‘olibi;
  • 2008 yil Fan olimpiadalari saralash bosqichida ona tili va adabiyoti fanidan tuman g‘olibi;
  • 2009yil Fan olimpiadalari saralash bosqichida ona tili va adabiyoti fanidan Namangan viloyati ikkinchi o‘rin;
  • 2009 yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichida Namangan viloyat ikkinchi o‘rin;
  • 2010 yil“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichida Namangan viloyatda uchinchi o‘rin;
  • “Iste’molchi-2010” ko‘rik- tanlovi hududiy bosqich g‘olibi;
  • 2011 yil Fan olimpiadalari saralash bosqichida tarix fanidan viloyatda uchinchi o‘rin;
  • 2012 yilFan olimpiadalari saralash bosqichida tarix fanidan viloyatda uchinchi o‘rin;
  • 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” Respublika ko‘rik-tanlovi Namangan viloyat g‘olibi;
  • 2014 yil “Kamolot” YoIH tomonidan “BIRLAShIB BIZ KATTA KUChMIZ” shiori ostidagi o‘tkazilgan Respublika ko‘riq-tanlovi Jizzax shahar g‘olibi;
  • 2015 yil “XXI asr intellektual yoshlar asri” shiori OTM lari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovi hududiy vosqich g‘olibi;
  • 2016 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan, OTM lari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovi hududiy vosqich g‘olibi;
  • 2016 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi covrindori.


Tarjimai hol:

Abdugapparova Shodiyona Adashali qizi 1993 yil 18 avgustda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Baxt QFYda ishchilar oilasida tug‘ilgan. 2000-2009 yillarda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 10 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. 2009-2012 yillarda Uchqo‘rg‘on Iqtisodiyot kolleji Huquqshunoslik fakultetida o‘qib, tahsilni imtiyozli diplom bilan yakunlagan.

2014 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Hozirgi kunda institutning III-bosqichida tahsil olmoqda.

Badiiy adabiyotgacheksiz ixlosi sababli turli mavzularda she’r va publitsistik maqolalaryozib turadi.2007yildan boshlab hozirgi kunga qadar “Namangan haqiqati”, “Yorqin hayot”, “Uchqo‘rg‘on g‘unchalari”, “Jizzax haqiqati”, “Jizzax ovozi”, “Ziyo chashmasi”, “Kelajak bunyodkori” kabi tuman, viloyat, respublika miqyosidagi gazetalarda 50 ga yaqin she’r va publitsistik maqolalari nashr etilgan. “O‘zbekiston, baxtim to‘shay soyangga”, “Jannatmakonim”, “Mening onam”, “Qomusimiz- baxtimiz”, “Ona tilim”, “Navoiy bobom”, “Qo‘limga soz tutding, Tilimga navo...”, “Bobomga”, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Ustozga”, “Ko‘klam bahori”, “Tirishqoqlik - ilm sari yagona yo‘l” shular jumlasidan. Hukumatimiz tomonidan ta’sis etilgan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bosqichida 2009 yil Namangan viloyatda ikkinchi o‘rinni, 2010 yili esa uchinchi o‘rinni olgan. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilgan bir qator ko‘rik-tanlovlarning faol ishtirokchisi.

2015 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodiYulduz Karimova ilmiy rahbarligida “Chingiz Aytmatov ijodida inson ma’naviy-ruhiy olamining badiiy talqini”mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Bugungi kungacha ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar asosida 30dan ortiq ilmiy maqola va tezislari bilan hududiy, respublika va xalqaro miqyosda tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda.

2016 yil Rossiya Federatsiyasining “Filologiya i lingvistika”jurnali 1 sonida “Mesto biografii tvortsa v xudojestvennix proizvedeniyax (naprimere povesti «Litsomklitsu» Chingiza Aytmatova)”, “Shkolnaya pedagogika” jurnalining 2-sonida “Samarali ta’limni tashkil etishda o‘zaro hamkorlik va tashabbus (Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi misolida)” nomli maqolalari, jumladan, Respublikamizning OAK tasarrufidagi “Ilm sarchashmalari” jurnalining 2016 yil 3 sonida ““Jamila” qissasida ayol ruhiyati tasviri”, “O‘zbek tili va adabiyoti”jurnalining 3 sonida “Inson taqdirining turfa talqinlari”nomli ilmiy maqolalari nashr etildi.

2016 yil “Turon zamin ziyo”nashriyoti tomonidan“Ta’lim muassasalarida Chingiz Aytmatov ijodini o‘rganish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmava “Adabiyot ma’naviyat- farzandi (Chingiz Aytmatov asarlari misolida)”nomli risolasi nashr etildi.

Fan va ta’limdagi kamtarona mehnatlari 2016 yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit