Abdikamalov Askar Baxtiyarovich


2441
Yo‘nalishlar: Fan

Abdikamalov Askar 31.08.1992 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan

1998-2004 yillarda Nukus shahri 4-son umumiy o‘rta maktabni tugatgan

2004-2006 yillarda Nukus shahri 2-son litsey-internatni tamomlagan

2006-2007 yillarda Nukus shahri 11-son maktabni tugatib, 2007-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti yonidagi 1-son akademik litseyga o‘qishga kirdi.

2010-2014 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti talabasi bo‘ldi.

2014 yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti magistranti

Faoliyat yunalishi:

5A330201- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti mutaxassisligi

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

2013 yili, TATU, dasturlash buyicha ACM xalqaro olimpiadasi chorak finali

2014 yili, TATU, dasturlash buyicha ACM xalqaro olimpiadasi chorak va yarim finallari

2015 yili, TATU, dasturlash buyicha ACM halkaro olimpiadasi chorak va yarim finallari

Erishgan natijalari:

2013­ yil Beruniy nomidagi davlat stipendiyasini sovrindori

2015 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori

Tarjimai hol: Abdikamalov Askar Baxtiyarovich 1992 yilning 31 avgustida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida pedagoglar oilasida tug‘ilgan. 1998 yilda Nukus shahar 4-son umumiy o‘rta maktabning 1-sinfiga o‘qishga bordi. 2004 yil sentyabr oyidan boshlab 2006 yil mart oyigacha Nukus shahridagi 2-son litsey-internatda o‘qidi. 2006 yil mart oyidan boshlab o‘qishini Nukus shahridagi 11-son iqtidorli bolalar maktabida davom ettirdi. 2007 yil ushbu maktabning 9-sinfini a'lo baholarga bitirib, Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyga o‘tib, ushbu litseyni a'lo baholar bilan tamomladi.

2010 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Mexanika-matematika fakultetiga hujjat topshirdi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, fakultetning tadbiqiy matematika va informatika yo‘nalishiga talabalar safiga grant asosida qabul qilindi. Talabalik davrida “Programmalash va tarmoq texnologiyalari” kafedrasi dotsenti S.Gaynazarov rahbarligida internet-magazin va hisoblash usullari mavzularida ilmiy izlanishlar olib bordi. 2013­ yilda Beruniy nomidagi davlat stipendiyasini yutib oldi va informatika fani bo‘yicha respublika bosqich olipiadasida, dasturlash buyicha ACM xalqaro olimpiadasi chorak finalida katnashdi. 2014 yili bakalavr yo‘nalishini a'lo baholar bilan tugatib, O‘zbekiston milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti «Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti» magistratura yunalishiga imtihonlarsiz grant asosida qabul qilindi. 2014 yili dasturlash buyicha ACM xalqaro olimpiadasi chorak va yarim finallarida katnashdi. 2015 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

“Programmalash va tarmoq texnologiyalari” kafedrasi dotsenti S.Gaynazarov rahbarligida chiziqsiz differensial tenglamalarni kompyuter vositalari yordamida yechish usullari mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit