Raxmatjonova Maftuna G’ayrat qizi


1888
Yo‘nalishlar: Madaniyat, Musiqa

R.Glier nomidagi RIMAL Fortepiano bo’limi 6sinf o’quvchisi Raxmatjonova Maftuna G’ayrat qizi

Raxmatjonova Maftuna G’ayrat qizi 27 dekabr 2003 yili Toshkent shahrida tug’ilgan. 2010 yil R.Glier nomidagi RIMALitseyi fortepiano mutaxassisligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi I.YA.Vaxabova sinfga qabul qilingan.

Shu o’quv davr mobaynida o’zining tirishqoqligi, mexnatsevarligi, darslarga faol ishtirok etib kelayotganligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Maftuna o’ziga berilgan asarlarni qunt bilan o’rganadi.

Fortepiano mutaxassisligi bo’yicha qobiliyatli o’quvchi ekanligini amalda ko’rsatdi. U litsey va litseydan tashqari o’tkazilgan turli kontsertlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

2014 yil O’zbekiston davlat konservatoriyasining “Organ” zalida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist A.Raimjanov boshchiligidagi “O’zbekiston solistlari” kamer orkestri bilan o’zining yakkaxon ijrosi bilan qatnashib, tomoshobinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Mutaxassislik bo’yicha ijro maxoratini oshirish uchun tinmay ishladi va yaxshi natijalarga erishdi.

Har yili litsey miqiyosida o’tkazilgan barcha tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritmoqda.

2015 yil 3-7 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan “Serebryanыy kamerton” nomli X-Xalqaro tanlovida Idarajali diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit