G’ulomjonov Dostonbek Rustam o’g’li


1764
Yo‘nalishlar: Musiqa

G’ulomjonov Dostonbek 2008 yil R.Glier nomidagi RIMAL kamonli-torli bo’limi skripka mutaxassisligi bo’yicha O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi K.N.Belyakov sinfiga qabul qilingan. Shu o’quv davr mobaynida o’zining tirishqoqligi, mexnatsevarligi, darslarga faol ishtirok etib kelayotganligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Dostonbek o’ziga berilgan asarlarni qunt bilan o’rganib kelmoqda.

Skripka mutaxassisligi yo’nalishi bo’yicha qobiliyatli o’quvchiligini amalda ko’rsatib kelmoqda. Umumta’lim fanlari bo’yicha o’zlashtirishi yaxshi, o’quvchilar orasida xurmatga ega, u litsey va litseydan tashqari o’tkazilgan turli kontsertlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Dostonbek shu o’qishi mabaynida o’z bilim va malakasini oshirishda ko’p mehnat qilib kelmoqda. Mutaxassislik bo’yicha ijro maxoratini oshirish uchun tinmay ishladi va yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.

2012 yildan buyon litsey ichki tanlovlarida qatnashib faxrliy o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

2012 yil 14–27 fevralda Frantsiyaning Banole shahrida “A.Glazunov” nomli VII Xalqaro tanlovida qatnashib I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2013 yil 4-11 noyabr kunlari Qozog’istonning Olmata shahrida“A.Jubanov” nomidagi Xalqaro Yosh ijrochilar tanlovida qatnashibII darajali diplom bilan taqdirlandi.

2015 yil 27 iyuldan 1 avgustga qadar Italiyaning San-Bartolomeo shahrida bo’lib o’tgan “Jiovani Talenti” nomidagi XXVIII-Xalqaro tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit