Dadajonova Madinabonu Odiljon qizi


1666
Yo‘nalishlar: Fan, Pedagogika, Falsafa

Dadajonova Madinabonu  Odiljon qizi 1991 yil 29 oktyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 23-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim va bolalar sporti ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Madinabonu Dadajonova Odiljon qizi 2011-2012 o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  

U institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.  

Madinabonu Dadajonovaning ilmiy maqolalari turli nufuzli ilmiy to‘plamlarda, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etilgan. Uning “Yoshlarda e'tiqod va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari”, “Maktab psixologining kasbiy tayyorgarligi va o‘quvchilar bilan birga olib boriladigan ishlar”, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil individual o‘quv harakatlarini shakllantirish”, “Shaxslararo nizolarning psixologik muammolari”, “Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik muammolari”, “Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda amaliy psixologning asosiy faoliyat turlari”, “Barkamol shaxs taraqqiyotida amaliyotchi psixolog o‘rni”, “Talabalarni o‘yin faoliyati bilan qiziqtirish”, “Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar bilan sport o‘yinlarini tashkil etish uslubiyoti” kabi ilmiy maqolalari chop etilgan.  

2012-2014 yillar davomida Qo‘qon davlat pedagogika institutida magistratura bosqichida o'qidi. Hozirgi kunda Qo‘qon pedagogika kasb-hunar kollejida BTM fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit