Aliyev Sherali Asqar o`g`li


1693
Yo‘nalishlar: Fan, Yurisprudensiya

2014-2015 o`quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasining sovrindori Aliyev Sherali Asqar o`g`li 1992 yil 10 sentyabr Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tavallud topdi. Maktabni bitirgach, yuridik kollejiga o`ishga kirdi. Keyinchalik u Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida o`qishga kirdi.
U “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asosi”, “Intellektual rivojlangan yoshlar taraqqiyotning eng muhim sharti”, “O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni” kabi ilmiy maqolalari hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila institutining huquqiy asoslari” va “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy hayot sohasini liberallashtirishning xususiyatlari” nomli ilmiy-ommabop risolalar muallifi. 2012 yil “Kamolot” YOIH tomonidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining kafolati” mavzusidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishdagi ko`magi uchun “Kamolot” YOIHning faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.
2013 va 2014 yillar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yoshlar o`rtasida o`tkazilgan “Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-line tanlovida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit