Ahadjonov Asilbek Abdusalom o’g’li


1029
Yo‘nalishlar: Geografiya, Musiqa

Ahadjonov Asilbek Abdusalom o’g’li


Ahadjonov Asilbek Abdusalom o’g’li 4 may 1999 yilda Farg’ona viloyati, Furqat tumanida tug’ilgan.2011 yildan buyon litseyning o’zbek xalq cholg’ulari bo’limi nay mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchi S.Saidova sinfida taxsil olib kelmoqda.

Shu o’quv davr mobaynida o’zining tirishqoqligi, mexnatsevarligi, darslarga faol ishtirok etib kelayotganligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. O’ziga juda talabchan, berilgan vazifalarni aytilganidan ham ziyoda qilib bajarishga harakat qiladi. Litseyda o’tkazilgan barcha tadbirlarda qatnashib, o’quvchi va o’qituvchilarning olqishiga sazovor bo’lmoqda.

Litseyning o’zbek xalq cholg’ulari orkestri tarkibida radio va televedenie orqali bir necha bor chiqishlar qildi.

2014 yil 22-25 mart kunlari R.Glier nomidagi RIMALning katta zalida Toshkent shahrida joylashgan o’rta maxsus musiqa kollej va litseylar aro o’tkazilgan “Farrux Mirusmonov” nomidagi yosh sozandalarning I tanlovidaI darajali diplom bilan taqdirlandi.

2014 yil 7-11 iyun kunlari Frantsiyaning Parij shahrida bo’lib o’tgan “Parij ritmlari”nomli Xalqaro festival-tanlovida qatnashib Gran pri mukofotini qo’lga kiritdi.

2014 yil 21-27 oktyabr kunlari Toshkentda 1-marotaba o’tkazilgan “Ona yurt ohanglari” nomli Xalqaro tanlovi Diplomi bilan taqdirlangan.

2015 yil 21-23 mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Jivoy Rodnik” nomli VI Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit