Murodxonov Xudoyorxon Sharofxon o’g’li


1129
Yo‘nalishlar: Musiqa

Xudoyorxon Murodxonov 2008 yil R.Glier nomidagi RIMALning Damli-zarbli cholg’ular bo’limi truba mutaxassisligi bo’yicha 5-sinfga qabul qilingan.

O’quv yillar davomida o’zining qobiliyati, intiluvchanligi, maqsadiga erishish niyatida o’z ustida tinmay ishlashi bilan o’quvchilar orasida hurmatga ega.

Boshqa fanlardan o’zlashtirishi yaxshi.

Litseyda o’tkazilgan sinf, hisobot kontsertlarida faol qatnashib kelmoqda.

O’z bilim va malakasini oshirishida ko’p mehnat qiladi. Mutaxassislik bo’yicha ijro maxoratini oshirish uchun tinmay ishladi va yaxshi natijalarga erishdi.

2012 yil Respublika“San’at g’unchalari” tanlovida Idarajali diplom bilan taqdirlandi.

2013 yil 4-11 noyabrь kunlari Qozog’istonning Olmata shahrida bo’lib o’tgan “A.Jubanov” nomidagi Xalqaro Yosh ijrochilar tanlovida Diplom bilan taqdirlangan.

2015 yil 3-9 iyun kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan o’rta maxsus musiqa va san’at o’quv yurtlari Yosh ijrochilarining XXIII Respublika tanlovida III darajali diplom bilan taqdirlandi.

2015 yil 2-9 noyabrь kunlari Qozog’istonning Olmata shahrida“A.Jubanov” nomidagi Xalqaro Yosh ijrochilar tanlovida Idarajali diplom bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit