​Matlatipov San'atbek G'ayratovich


2166
Yo‘nalishlar: Fan, Matematika, Sport

Tug’ilgan yili, kuni va joyi: 01-04-1994, Khazarasp tumani, Xorazm viloyati

Ta'lim olgan maktabi:

  • Urganch shahar, Hamid Olimjon nomidagi 6-son umumta'lim
  • Urganch shahar, UrDU qoshidagi 2-sonAkademik litsey .

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:

Erishgan natijalari:

  • Oktabr 2016 yil - Ulug'bek nomidagi davlat stipendiyasi g'olibi. 
  • 2013-2016 - 4marotaba ACM ICPC Subregional( chorak final) dasturlash bo'yicha jahon olimpiadasi qatnashchisi.
  • 2014-2016 - 3 marotaba ACM ICPC Regional(Yarim final)dasturlash bo'yicha jahon olimpiadasi qatnashchisi.
  • 2014-2016 -Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyixalar respublika yarmarkasi faol ishtorkchisi
  • Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro'yxatdan o'tkazganligi to'g'risidagi 3 ta guvoxnomalarga(patentlar) ega.
  • 2013-2014 o'quv yilida, Avstria-Vena shahri, Vena texnika universitetida 1 oylik o'quv kursi ishtirokchisi
  • IELTS sertifikatiga ega.

Tarjimai hol

Matlatipov Sanatbek G’ayratovich 01.04.1994 yil Xorazm viloyati Xazorasp tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. Men 2001 yil 1 sentabrda Xorazm viloyat Urganch shahar 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordi. Maktab davomida 3-sinfdan 9-sinfgacha Ingiliz tili va matematika to’garagiga, 7-9 sinfda Erkin-yunon rum kurash sport turiga va 9-sinf paytida Amerika Qoshma Shtatlari elchixonasi tomonidan berilgan “The Bureau of Educational and Cultural Affairs` office of English language programs” grantini yutib olib uch yil davomida Amerika va O’zbekistonning malakali o’qituvchilari tomonidan chuqurlashtirilgan Ingiliz tili bilimni egalladi. Natija sifatida birinchi bir yarim yillik va ikkinchi bir yarim yillikda Amerika ta’lim standartiga mos ravishda Ingiliz tilidan imtihonlar topshirdi va oxirida kurs to’liq tugatganligi tog’risida sertifikat bilan taqdirlandi. 2010-2013 yillarda Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyda taxsil oldi. Akademik litseyda o’qiyotgan davrida u Informatikadan Respublika olimpiadasiga va Ingliz tilidan IELTS (International English Language Testing System) sertifikatini olish uchun tayyorlana boshladi. U 2-kursga kelib IELTS (2011 yilda umumiy 5.0 ball va 2017 yilda umumiy 7.0 ball) setifiaktini va Informatikadan viloyat bosqichida 1-o’rin diplomi bilan taqdirlandi. 3-kursda esa Informatika fanidan viloyat bosqichida I-o’rinni egallab Respublika bosqichida faol qatnashdi. 2013-2014 o’quv yilida Urganch davlat universitetining Fizika-matematika fakultetiga amaliy-matematika va Informatika ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalikga qabul qilindi. 2013-2014 o’quv yilida TEMPUS dasturining CANDI – “Teaching competency and infrastructure for distance learning and e-learning” loyihasi bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Mazkur loyiha bo’yicha Avstriya davlatining Vena Texnika universitetida o’tkaziladigan “Summer school” da tahsil olish uchun talabalar o’rtasida e’lon qilingan tanlovda qatnashib, muvaffaqiyatga erishdi va 2013 yil 5 oktabrdan-3 noyabrgacha “Summer school” da kompyuter texnologiyalari bo’yicha ko’plab tajriba va bilimlarni egallab qaytdi. Har yili butun jahon oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun an’anviy o’tkazib kelinadigan dasturlash bo’yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Xususan 2014 va 2015 yillardagi guruhiy tanlovlarda yarim-final musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit