​Bektursinova Dilnura Pulat qizi


835
Yo‘nalishlar: Matematika, Fizika

Bektursinova Dilnura Pulat qizi 1995 yil 13martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida oddiy ishchi oilasida tug‘ildi. Millati — qoraqalpoq.

2001 yili Nukus shahridagi 37-sonli maktabga boshlang‘ich sinfga o‘qishga bordi. Maktabda a’lo baholarga o‘qidi, har hil ko‘rik tanlovlarga, fan olimpiadalariga faol qatnashdi va 2010yili maktabni imtiyozlitamomladi.

2010-2011 o‘quv yilida QQDU qoshidagi 2-sonli akademik litseyda aniq fanlar bo‘limida o‘qishni davom ettirdi. O‘qish davrida litsey-kollejlar orasida tashkil qilingan «Bilim ring» fan olimpiadalariga qatnashdi. 2013yilda mazurlitseyni ham a’lo baholar bilan bitirdi.

2013 yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga «Fizika-matematika» fakultetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Universitetda u professor-o‘qituvchilardan ko‘pgina ilmiy bilimlarni o‘zlashtirdi. Ilmiy rahbar va boshqa professor-o‘qituvchilar bilan nazariyaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi va natijalarini ilmiy jurnallarda chop ettirdi. Jumladan, QQDU «Xabarshi» jurnali, O‘zR FA «Vestnik» jurnalida ilmiy maqolalari chop etildi.

Erishgan natijalari:

  • 2015 yili «Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning hozirgi zamon masalalari» nomli ilmiy anjumanda ishtirok etdi.
  • 2016 yili iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit