​Abdusattarova Sarvinoz Komiljon qizi


1892
Yo‘nalishlar: Tibbiyot

Abdusattarova Sarvinoz Komiljon qizi 1992 yil 1 avgust kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida ishchi oilasida tavallud topdi. 2009 yili G‘allaorol tumanidagi 64 o‘rta talim maktabini a’lo baholar bilan tugatdi.

2010 yil davlat test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetiga qabul qilindi. Yoshligidan turli tadbirlar, olimpiadalar, konkurs va festivallarda ishtirok etib keldi.

Jumladan, “Kamolot” YoIH loyihalarida, “Siz qonunni bilasizmi”, “Zulfiya xonim qizlari”, “Kelajak ovozi” va “Yangi avlod” kabi tanlovlarning tuman, viloyat va respublika bosqichlarida faol qatnashgan. Institutdagi faoliyati davomida “Terapiya”, “Xirurgiya” “Klinik farmakologiya” kabi fanlardan seminar-trening, to‘garaklar va talabalar ilmiy jamiyatlarida izlanishlar olib bormoqda.

Respublika va chet el nashrlarida 3 ta ilmiy maqola, 12 ta tezis nashr etgan. Respublikamizda yosh olimlar va iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan Xalkaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashib, diplom va faol qatnashuvchi sertifikatlar bilan taqdirlangan. U ayni kunda “Anemik kardiomiopatiyaning exokardiografik va elektrokardiografik ko‘rsatkichlari” mavzusida ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit