​Abdurahmonov Botir O‘rinboyevich


1754
Yo‘nalishlar: Geologiya

Abdurahmonov Botir O‘rinboyevich

2009-2010 o‘quv yilida "Qishloq va suv xo‘jaligi" mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi. U 1986-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

Tarjimai hol

2004 yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti "Gidromelioratsiya" fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi. O‘qish davrida a'lo baholarga o‘qish bilan birgalikda 10 dan ortiq maqolalarni respublika jurnallarida va ilmiy amaliy anjuman to‘plamlarida chop ettirgan. 2008 yilda bakalavriaturani imtiyozli diplom bilan tugatib, institutning Magistratura bo‘limiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

2009-2010 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Hozirda institutning yosh olimlari safida doktoranturada ilmiy ish olib bormoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit