Barcha yo‘nalishlar

"J" harf bilan filtrlangan

Natijalar 11—20 jami 30 tadan

Jo'raqobilov Navruz Ahmadovich

27c8a5649b781f2a93d0bd1244d29f6b.jpg

2004-2007 yy. - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi  2004 y. - h.v. - Dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi   2007 y. - h.v. - Toshkent viloyati bolalar va o'smirlar sport maktabi murabbiyi  ...

Jo'raqulov Shohruh Davronovich

59f79b994ff95c404f6724cb19280d82.jpg

2011-2012 o'quv yilida "Iqtisodiyot" ta'lim yo'nalishi bo'yicha Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. 1992 yil 12 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2010 yili Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetiga o'qishga qabul qilingan.Jo'raqulov Shoҳrux Davronovich universitet va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarining doimiy ishtirokchisi, shuningdek, mamlakatimiz yoshlarining «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faol a'zosi.Jo'raqulov Shohrux Davronovich barcha fanlardan a'lo baholarga o'qishi bilan birga, 2010 yildan buyon «O'zbekistonda marketing kommunikatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida i.f.n. M.Xolmuxammedov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda va izlanish natijalari sifatida bir qancha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari Respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan...

Jo'raqulov Farhod Furqat o'g'li

6fb04947c0fadfadee9461a208c2cd43.jpg

R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchisi. G'ijjak bas ///-bosqich. 2016 yilning 26-29 mart kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridabo‘lib o‘tgan “Zolotoy Feniks” nomliXII-Xalqaro tanlovida II-o‘rin...

Jo'rayev Erkin Turobovich

961e723beae02b578fa7cb3135f9ab18.jpg

2011-2012 o‘quv yilida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Jo‘rayev Erkin Turobovich 1990 yil 14 dekabrda Buxoro viloyati Buxoro shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2009 yil Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti “Avtomatlashtirish va boshqaruv” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.I-, II-, III- va IV- “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika innovatsion yarmarkalarining ishtrokchisi va III- yarmarkada “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib va sovrin (Shaxsiy kompyuter va Internet tarmog‘idan bepul foydalanishga imtiyoz) egasi bo‘ldi. Ilmiy maqolalari soni 20 tani tashkil etadi va bitta patentga ega. Hozirda Toshkent davlat texnika universiteti "Elektronika va avtomatika" fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshkaruv” mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti...

Jo'rayev Akbarali

d3b0bf34e4e0077826d04e1f1aad409c.jpg

Ta'lim olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Termiz Olimpiya zaxiralari kolleji 2-kurs, Faoliyat yo’nalishi: Taekvon-doVTF, Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2014 yil 13-18 mart kunlari Kaliningrad shahrida (Rossiya) «Konig open-2014» taekvondo VTF bo’yicha Xalqaro turnirida ishtirok etgan.Erishgan natijalari: 2-o’rin...

Jo'rayev Bahodir Nurmuhammad o'g'li

1459b70794ec7244a0f03b178b98e4a9.JPG

Ta'lim olgan maktabi: Farg'ona viloyati 1-son Fizika va matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiTaҳsil olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent davlat stomatologiya institutining Buxoro filialiFaoliyat yo'nalishi: StomatologiyaErishgan natijalari:2013 yil 12 fevral - “Yurt muqaddas sajdagoҳ-yuksak ma'naviy dargoh” shiori ostidao'tkazilgan ko'rik tanlov 1-o'rin2013 yil 20 aprel - “Tafakkur sinovlari” ko'rik tanlovihududiy bosqichi 2-o'rin2014 yil 18 dekabr - “Kamolot” stipendiyasi sohibi2015 yil - “Ibn Sino” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindoriTarjimai holMen, Jo'rayev Bahodir Nurmuhamad o'g'li 1992 yil 13 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oxunboboyev tumanida tug'ildim. Millatim o'zbek. Ona tilim o'zbek tili. Otam, Jo'rayev Nurmuhammad Mamatovich, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali “Telekommunikatsiya” fakulteti dekani. Onam, Jo'rayeva Ra'noxon Paridullayevna, uy bekasi.1999 yil Farg'ona viloyati 1-son Fizika va matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1-sinfiga qabul qilindim. Maktabni a'lo baholarda yakunlab, 2012 yil Buxoro davlat tibbiyot institutining “Stomatologiya” fakultetiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilindim. Hozirda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining 4-bosqich talabasiman. Ayni kungacha yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan 2 ta risola, mazkur mavzu hamda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag'ishlang...

Jo'rayeva Umida Jo'rayevna

71b1d3bd1f9e220a7e6974d99157882f.jpg

2013-2014 o‘quv yilida “Tabiiy fanlar” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.1992 yil 2 oktyabrda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.Umida Jo‘rayeva 2008 yili xalqaro olimpiada tanlovining Respublika bosqichida qatnashib faxrli II -o‘rinni egalladi va shu yili Moskva shahrida aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlardan bo‘lib o‘tgan VI xalqaro olimpiadada qatnashib, sertifikatni qo‘lga kiritdi.2009 yilda matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida II o‘rinni, 2010 yilda shu olimpiadada qatnashib, faxrli I-o‘rinni egalladi. 2010 yil yanvar oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan VI xalqaro Jautikov olimpiadasida va “Buyuk ipak yo‘li” olimpiadalarida muvafaqqiyatli qatnashdi.Umida Jurayeva 51-xalqaro matematika olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga birinchi o‘rinda qabul qilindi. Shu yilning iyul oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 51-xalqaro matematika olimpiadasida kumush medal sohibasi bo‘ldi. Erishgan yutuqlari natijasida Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyozli ravishda qabul qilindi.2011 yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Umida Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2012-2013 o‘quv yilida esa Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. ...

Jo'rayeva Gulbahor Abdug'affor qizi

b4950a93e133209890198de5b7bfb3ac.JPG

2013-2014 o'quv yilida "Pedagogika" yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi.Tarjimai hol1990 yil Surxondaryo viloyatida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2010 yil institutning "Yerdan foydalanish va yer kadastri" fakultetiga davlat granti asosida qabul qilingan.Ilmiy maqolalari soni 13 ta, badiiy maqolalari 7 ta, jamoat ishlarida faol...

Jo‘raqulova Gulnoza Shavkatovna

d934e7bbebab2d3dcda81347333ae0b2.JPG

2010-2011 o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. Jo‘raqulova Gulnoza Shavkatovna 1990 yil Termiz shahrida tug‘ilgan. U 2006 yil o‘rta umumta'lim maktabni tamomlab, Termiz Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.Tarjimai holJo‘rakulova Gulnoza universitet va respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferensiyalarda qatnashib kelmoqda, matbuot hamda televideniyeda o‘zining ilmiy, badiiy-ommabop maqolalari, she'rlari bilan muntazam ishtirok etib kelgan. 2010 yil 26-27 fevralda filologiya fanlari doktori professor B. Tursunov xotirasiga bag‘ishlanib Samarqand shahrida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada "Poetik asarlarda til va nutq munosabati" nomli maqolasi bilan ishtirok etdi va ilmiy to‘plamda nashr etildi. Shuningdek, u 2009-2010 yil universitet talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalarida o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni egalladi.2010 yil uning "Shu vatan dilbandiman" deb nomlangan ilk she'riy to‘plami nashr etildi. "Ingliz va o‘zlashtirma gaplarda ko‘chirma va o‘zlashtirma gap","Inson tabiat va tarix", "Tabiatga oshufta inson", "Tabiiy fanlarni o‘qitishda notiqlik san'ati" kabi ilmiy maqolalari chop etilgan."Bahor va she'r fasli", "Bahorda gullagan o‘rik", "Umri aziz zot", "Shoir bilan uchrashuv", "Onajonim vatan", "Momojonimga", "Beparvo demangiz", "Yoshlar quvongan kun", "Vatan", "Suyganimga", "Toshkent", "Ot yaxshi", "Siz qaysi rangni xush ko‘rasiz" deb ...

Jo‘rayev Sayidboburxon Xamzaxon o'g‘li

Familiya,ism-sharifi: Jo‘rayev Sayid Boburxon Xamzaxon ug‘liTug‘ilganyili, kuni va joyi: 28.01.1994 Toshkent shahriTa’lim olgan/olayotgan maktabi: 235-o‘rta maktabTaxsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent davlat texnika universiteti Faoliyat yo‘nalishi: Marketing («Iqsodiyot va menedjment»)Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:Erishgan natijalari:2015 yil Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindoriTarjimai xolMen Jo‘rayev SayidBoburxon Xamzaxon ug‘li 1994 - yil 28- yanvardaToshkent shaxrida tug‘ilganman.Otam: Djo‘rayev Xamzaxon Zunnunovich 1966 - yil 21 - mayda tug‘ilganlar. Toshkent Davlat Texnika Universitetida katta o‘qituvchi.Onam: Jo‘rayeva Xilola Nazirovna 1975 - yil 27 - martda tug‘ilganlar. Uy bekasiSinglim: Jo‘rayeva Azizaxon Xamzaxon qizi 1997 - yil 23 -yanvarda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Texnika Universiteti 1 - kurs talabasi.Ukam: Jo‘rayev SayidAxrorxon Xamzaxon ug‘li2002 - yil 14 - martda tug‘ulgan. Toshkent shaxar 235 -maktabning 7 - sinf o‘quvchisi.Men 2001 - yil Toshkent shaxar 235 -maktabga o‘qishga kirdim. Maktabda o‘qigan davrimda fizika va matematika fanlaridan ko‘plab olimpiadalarda faol qatnashib shaxar bosqichida 2- o‘rin sovrindori bo‘ldim. 2010 - yil Toshkent Davlat Texnika Universiteti koshidagi “Kompyuter texnologiya” lari akademik litseyiga imtiyozli ravishda o‘qishga kirdim. 2013-yillitseydagi o‘qishimni tamomlab Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Iqsodiyot va menedjm...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit