Barcha yo‘nalishlar

"J" harf bilan filtrlangan

Natijalar 1—10 jami 28 tadan

Ja’farova Diyoraxon Jamol qizi

c20772776df46edbeea53c24dc005935.jpg

Ta’lim olgan maktabi: 235-o’rta maktab Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi:Toshkent davlat sharqshunoslik institutiFaoliyat yo‘nalishi:Adabiyotshunoslik (arab adabiyoti)Erishgan natijalari:2015-2016 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori.Tarjimai xolMen, Ja’farova Diyoraxon Jamol qizi, 1992 yil 6 iyul kuni Toshkentda tug‘ilganman. O‘rta ta’limni Toshkent shahridagi 235-maktabda oldim hamda 2007-2010 yillar davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akademik litseyda arab tili yo‘nalishida tahsil oldim. 2010 yili ToshDShIning Sharq filologiya fakulteti arab tili yo‘nalishiga (shartnoma asosida) o‘qishga kirdim. Institutda o‘qish davomida Mirs madaniyat markazida tahsil oldim. 2014 yil ToshDShIning bakalavr bosqichini bitirib, shu yil magistratura bosqichining arab adabiyoti yo‘nalishiga (davlat granti) asosida o‘qishga kirdim. Ayni vaqtda magistraturaning 2-bosqichida tahsil olmoqdaman. Otam Yakubov Jamol xususiy tadbirkor, onam Yakubova Umida reabilitatsiya shifoxonasida hamshira. Turmush o‘rtog‘im Maxmudov Muzaffar Toshkent viloyati hokimligida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlaydi. 2010 yil ToshDShI doirasida arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egalladim. 2012 yili Misr madaniyat markazida arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni egalladim. 2013 yili Misr madaniyat markazida 2-marotaba arab tili bo‘yicha o‘tkazilgan muso...

Jalilov Mo'minjon Solijon o'gli

ced08b9ad36c85a8684f76e8ab71762b.PNG

2013 yilda Navoiy stipendiyasini qo'lga kiritgan Jalilov Mo'minjon Solijon o'g'li 1992 yil 20 mart Namangan shahrida tug'ilgan. Jalilov Mo'minjon 2010 yil Namangan Davlat Universiteti Ijtimoiy - iqtisodiy fakulteti yurisprudentsiya ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirgan.Tarjimai holU O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat - notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab - quvvatlash jamoat fondi "Namangan viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda innovatsion faoliyatlar bo'yicha bilim va tajribalarni shakllantirish va ilmiy, ijodiy ishlarga jalb etish" loyihasi doirasida Innovatsiya va innovatsion faoliyatlar bo'yicha nazariy kursni o'tadi va tegishli sertifikatga ega bo'lgan.U 60 dan ortiq maqolalar muallifi va "Fuqarolik huquqida shartnomalarning tutgan o'rni" mavzusida ilmiy maqolalar tayyorlamoqda...

Jalilova Soxibabonu Abdumalik qizi

d8af9e87144d678abddfa66a76e2a66b.jpg

Sohibabonu Jalilova 2013-2014 yil Navoiy stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.Sohibabonu Jalilova 1992 yil 8 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda connect.uz onlayn tanlovining "Axborot asri qizlari" tanlovida qatnashib, faxrli o‘rinlar sohibasi bo‘ldi. U ustozlari Shohidaxon Yusupova, Dilfuzaxon Nurmonova, Donoxon Ne’matovalardan ona tilining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga intildi.2011 yilda S.Jalilova o‘zbek tili doimiy anjumanining yig‘inida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, " Faol ishtirok etgan eng yosh talaba" sifatida e’tirof etildi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Muhimi, bu ilmiy-amaliy anjuman Sohibabonuning til haqidagi tasavvurlarini, bilimlarini yanada boyitdi. Anjuman materiallarida uning 2 ta maqolasi chop etildi...

Jalilova Zulfiya Otaxonova

1bc1f0ebe9c07466363dcb3bd7f3a620.JPG

2012-2013  o'quv yilida professor M.Tojiyev rahbarligida 4-kurs sanoat farmatsiya fakulteti talabasi Jalilova Feruza “Ibn Sino” nomidagi Davlat stipendiati sohibi bo'ldi.1990 yil 20 sentyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug'ilgan. Jalilova Zulfiya 2010 yil Toshkent farmatsevtika institutiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilinib, hozirda magistraturaning 2-bosqich talabasi. 2011 yil Dori vositalarini standartlash ilmiy matkazi tomonidan ta'sis etilgan “Professor Manon Azizovich Azizov” nomli stipendiya sovrindori bo'ldi.2012 yilda “IBN SINO” nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi. 2010 yildan beri iqtidorli talabalar safida bo'lib, chuqurlashtirilgan dastur asosida kasbiy fanlarni o'zlashtirib bormoqda. Ilmiy izlanishlari natijalari bilan Respublika va chet davlatlar ilmiy-amaliy anjumanlari, konferensiyalarida tezis, maqolalari bilan muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda va hozirgi kungacha uning bir necha ilmiy maqolalari Respublika hamda chet davlatlar jurnallarida chop etilgan.Iqtidorli talaba Jalilova Feruza 2011-2012 o'quv yilida Toshkent farmatsevtika instutida “Zulfiya-xonim qizlari” ko'rik-tanlovining g'olibi bo'lib, diplom bilan taqdirlandi...

Jalilova Feruza Sodiqovna

2012-2013 o'quv yilida “Ibn Sino” nomli davlat stipendiyasi, “Kamolot ta'lim granti” stipendiyasi sovrindori bo'lgan. 20.09.1990 yil Buxoro viloyatida tug'ilgan. Toshkent farmatsevtika instituti magistratura talabasi. O'qish davomida Jalilova Feruza o'zining zukko, ilmga chanqoq, yangi fanlarni tez o'zlashtiruvchi talaba sifatida namoyon etdi, barcha fanlardan a'lo natijalarga erishgan...

Jalolova Mohigul Odiljon qizi

aa4c35c0bfba82deab2b31619b7c9253.jpg

Familiyasi, ism-sharifi: Jalolova Mohigul Odiljon qiziTug'ilgan yili: 1991 yil 20 iyulda Oltiariq tumanida tug'ilgan.Tahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Farg'ona davlat universitetiFaoliyat yo'nalishi: ijtimoiy iqtisodiy fakulteti iqtisodiyot (qishloq ho'jaligi ) yo'nalishi 4-kurs talabasi.Erishgan natijalari: 2014 yil Navoiy davlat stipendiyasi sovrindori...

Jamolov Xusan To‘lqin o‘g‘li

e358a745f33355a91647f9be1474e05e.jpg

Jamolov Xusan To‘lqin o‘g‘li 2011-2012 o‘quv yilida “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Jamolov Xusan 1991 yil 26 aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan.  Shuningdek, 10 ta ilmiy maqola muallifi, 1 ta patent hammuallifi hisoblanadi. Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi yo‘nalishida tahsil olgan...

Jamolov Zohid Zafarovich

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi.Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Jizzax Politexnika instituti Sanoat texnologiyasi fakulteti.Faoliyat yo’nalishi: Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi.Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 9 aprel 2015 yil Navoiy Davlat Pedagogika instituti, Buxoro Davlat Universiteti “Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari” nomli xalqaro ilmiy konferensiya.Erishgan natijalari:2014 yilda Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish bo’yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda hammualliflik qilgan.2015 yil Jizzax Politexnika institutida o’tkazilgan Respulika “Talaba” sport uyushmasi tomonidan o’tkazilgan Oliy Ta’lim muassasalararo mini-futbol bo’yicha Respublika chempionatining I darajali diplomi bilan taqdirlangan. 2015 yil Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi.Tarjimai hol:Jamalov Zohid Zafarovich 1989 yil 5 dekabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. Millati – o’zbek. Ma’lumoti tugallanmagan oliy. Jamalov Zohid Zafarovich 2005 yili Jizzax tumanidagi O.Ikromov nomli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabini a’lo baholarga tugallagach, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga o’qishga kirib 2008 yilda namunali hulq bilan o’qishni yakunladi. 2012 yilda Jizzax politexnika institutiga o’qishga...

Jaylobova Osiyo Yorqinboy qizi

d7a68a4072c891e0411660d8820da126.JPG

1992 yil 24 fevralda Namangan viloyatining Pop tumanida tug'ilgan. 2010 yil  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan.2007-2008 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy ҳarakati Markaziy kengashi tomonidan o'tkazilgan “O'zbekiston – Vatanim manim” insholar tanlovining respublika bosqichida 1-o'rinni egallagan. Bir qator she'riy to'plamlari nashr qilingan. 2009 yil O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan “Do'ppi tikdim ipaklari tillodan” respublika ko'rik-tanlovida g'olib bo'lgan.Chilonzor tumani “Lider qizlar” yetakchisi. Hozirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi...

Jo'raqobilov Navruz Ahmadovich

27c8a5649b781f2a93d0bd1244d29f6b.jpg

2004-2007 yy. - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi  2004 y. - h.v. - Dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi   2007 y. - h.v. - Toshkent viloyati bolalar va o'smirlar sport maktabi murabbiyi  ...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit