Barcha yo‘nalishlar

Natijalar 131—140 jami 907 tadan

Atoyeva Ruxsora Ato qizi

2012-2013 yil Uluғbek nomidagi davlat stipendiya sovrindori, 2013 yil 2 sentyabrdan O'zbekiston respublikasi Milliy universiteti magistri. Universitet va shahar miqyosida o'tkazilgan turli tadbirlar va fan olimpiadalarida faol qatnashgan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faol a'zosi. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Mustafoyeva rahbarligida “Banandoshlar oilasiga mansub banan o'simligini introduksiyalash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.5 ta chet el jurnallarida, 10 ga yaqin respublika jurnallarida maqolalar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar chop etgan...

Avchiev Muzaffar Shuhrat o‘g‘li

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Yashnobod tumanidagi 166-o‘rta ta’lim maktabiTahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent arxitektura-qurilish institutiFaoliyat yo‘nalishi:ko‘chmas mulk va uni ekspertizasiRespublika tadbirlardagi ishtiroki: 2014 yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Futbol” musoboqasida 3-o‘rin, 2015 yil Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Stol tennisi” musoboqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.Tarjimai holAvchiyev Muzaffar Shuhrat o‘g‘li, 1994 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilganman. 2001 yil Yashnobod tumanidagi 166 o‘rta maktabning birinchi sinifiga bordi. 2010 yilda TAQI qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirdi va 2013 yilda uni muvaffaqiyatli tugatdi. Shu yili Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ko‘chmas mulk va uni ekspertizasi ta’lim yo‘nalishida 1-kursga o‘qishga qabul qilindi. O‘qish davomida u ixtisoslik, ingliz tili hamda informatika va axborot texnologiyalar fanlarini alohida qiziqish bilan o‘zlashtirib kelgan. Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi dotsenti V.Yodgorov rahbarligida ilmiy-izlanishlar olib bordi. Xalqaro, respublika va institut miqyosidagi konferentsiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashib kelgan. Uni 12 ta ilmiy maqolasi respublika jurnallari va ilmiy to‘plamlarda chop etildi.2015-2016 o‘quv yilida u Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi...

Avetisyan Svetlana Mixailovna

7e716b3f17fcc6496609b26dbf1d7503.JPG

Familiya, ismi-sharifi: Avetisyan Svetlana MixailovnaTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 28.11.1994-yil, Toshkent shahri, Mirobod tumaniTahsil olayotgan oily ta’lim muassasasi:Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiFaoliyatyo‘nalishi:“Olie hamchiralic ishi»XalqarovaRespublikadagianjumanlaridagiishtiroki:ToshPTITalabalarlmiyjamiyatiningilmiy-amaliyanjumanlaridatezislarivaNovosibirscdao‘tkazilganyosh talabalarning “Tibbiyotdagidolzarbilmiymuammolarni” mavzusidagiilmiyanjumanlaridava Pediatr gazetasida maqolasibilanishtiroketgan.Erishgan natijasi:2015-2016 o‘quv yilida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Professor Dalimov S.A.” nomidagi atoqli olim stipendiyasi sohibasi...

Avezbaev O’rinbosar

499987d5150cdb6716cf11ea607d94d1.png

Ta’lim olayotgan maktabi: Nukus Pedagogika kollejida 2-kursFaoliyat yo’nalishi: boks sport turi.Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2013 yil 19-23 may kunlari Xodjeyla shahrida (Qoraqolpog’iston Respublikasi) boks bo’yicha Xalqaro turnirda ishtirok etgan.Erishgan natijalari:1-o’rin. ...

Avezov Salamat Yuldashevich

12ed382c3be63ecb9dd3eb3c00b984c6.JPG

2010 yil O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi stipendianti.1983 yil 27 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2008-2012 yillari TATU Nukus filiali talabasi. Bugungi kunda TATU Nukus filialida ishlaydi...

Avlezova Gulzada Dauletbayevna

1cdee438c057535cbd6ce4ebf08267a1.jpg

Familiya, ism-sharifi: Avlezova Gulzada DauletbayevnaTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 27.01.1992 yil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahriTa'lim olgan maktabi: Nukus shahridagi 28 sonli o‘rta maktabTahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiFaoliyat yo‘nalishi: Suv xo‘jaligi iqtisodiѐti.Erishilgan natijalar: 2014-2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori...

Axatov Shaxboz Kamolovich

489ffd33add20dfb585604e6dd1e74d3.jpg

1998-2009 yy. - Qarshi shaxar 27-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi.  2009 y. - h.v. - Karate bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi.  2014 y. - h.v. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Qarshi filiali) talabasi...

Axmadullina Aliya Xasipovna

8a52bcb0d0784fd3b51a313b3d4b7e82.JPG

2012-2013 yilda “O'TY” DATK stipendiyasi nomzodi bo'ldi.Axmadullina Aliya Xasipovna 1991 yili 4 iyulda Toshkent viloyati Yangiyўl shaҳrida tug'ilgan. 2011 yil 08 sentyabrdan №171-T buyrug'i bilan Toshkent temir yo'l muhandislari instituti Qurilish fakulteti BI-13 guruh 5340200 “Bino va inshootlar qurilishi” yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirdi.Ayni kunda Toshkent temir yo'l muhandislari instituti bakalavriatura 3-kurs talabasi...

Axmatov Navruz Baxtiyorovich

2120ec98dd83aaa095f82ab34e70b75e.JPG

2012-2013-o’quv yili yakunida o’tkazilgan “O’zbekiston temir yo’llari” DATK stipendiyasi tanlovining g’olibi bo’ldi. 1993 yil 19 martda Samarqand viloyati,, Payariq tumani Chinobod qishlog’ida tug’ilgan. 2011 yilda akademik litseyni a’lo baholarga tamomlab, Toshkent temir yo’l Muhandislari institutining “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti “Xizmat ko’rsatish texnika va texnologiyasi” ta’lim yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga qabul qildi. Institutdagi o’qish faoliyatim mobaynida barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirib, institutda ilmiy va jamoati ishlarida faol ishtirok etib keladi. 2012 yilning aprel oyida Xalqaro internet olimpiadasida fizika fani bo’yicha qatnashib, 3-darajali diplom va bronza medali bilan taqdirlandi. 2013 yilning aprel oyida o’tkazilgan “Talabalar Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi”da Fizika fanidan faxrli 1-o’rinni, Temir yo’l transportidan texnik foydalanish qoidalai va harakat xavfsizligi asoslari fanidan faxrli 3-o’rinni egalladi. Shu yilning may oyida o’tkazilgan “Zavqli, iste’dodli yoshlar” festivalida munosib ishtirok etib, fakultetimiz jamoasi faxrli 1-o’rinni egalladi. Hozirgi kunda mutaxassislik fanlarini mukammal o’rganish bilan birga ingliz tilini ham chuqur o’rganmoqda...

Axmedov Alisher Nosirovich

2012 yil “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo'ldi. Shu yili “Nihol” davlat mukofoti shahar bosqichida g'olib bo'ldi. 1990 yil 3 sentyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan.  2006 yilning o'zida X.X.Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga o'qishga kirdi.  Mazkur kollejni imtiyozli yakunlab,  2009 yil O'zbekiston davlat konservatoriyasiga “xalq cholg'ularida ijrochilik” bo'limiga g'ijjak yo'nalishi bo'yicha talabalar safiga qabul qilindi.  2011 yil “Kelajak ovozi” Respublika ko'rik tanlovida “An'anaviy va amaliy san'at” yo'nalishi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2013 yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining bakalavr bosqichini bitirdi va shu yili magistraturaga imtiyozli ravishda “xalq cholg'ularida ijrochilik” bo'limiga g'ijjak yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirdi.  Hozirda T.Jalilov nomidagi davlat akademik xalq cholg'ulari orkestrida sozanda sifatida faoliyat yuritmoqda...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit