Barcha yo‘nalishlar

Natijalar 1—10 jami 842 tadan

Murodxonov Xudoyorxon Sharofxon o’g’li

b14f5d0577366c62abc27c1990094e46.jpg

Xudoyorxon Murodxonov 2008 yil R.Glier nomidagi RIMALning Damli-zarbli cholg’ular bo’limi truba mutaxassisligi bo’yicha 5-sinfga qabul qilingan.O’quv yillar davomida o’zining qobiliyati, intiluvchanligi, maqsadiga erishish niyatida o’z ustida tinmay ishlashi bilan o’quvchilar orasida hurmatga ega.Boshqa fanlardan o’zlashtirishi yaxshi.Litseyda o’tkazilgan sinf, hisobot kontsertlarida faol qatnashib kelmoqda.O’z bilim va malakasini oshirishida ko’p mehnat qiladi. Mutaxassislik bo’yicha ijro maxoratini oshirish uchun tinmay ishladi va yaxshi natijalarga erishdi.2012 yil Respublika“San’at g’unchalari” tanlovida Idarajali diplom bilan taqdirlandi.2013 yil 4-11 noyabrь kunlari Qozog’istonning Olmata shahrida bo’lib o’tgan “A.Jubanov” nomidagi Xalqaro Yosh ijrochilar tanlovida Diplom bilan taqdirlangan.2015 yil 3-9 iyun kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan o’rta maxsus musiqa va san’at o’quv yurtlari Yosh ijrochilarining XXIII Respublika tanlovida III darajali diplom bilan taqdirlandi.2015 yil 2-9 noyabrь kunlari Qozog’istonning Olmata shahrida“A.Jubanov” nomidagi Xalqaro Yosh ijrochilar tanlovida Idarajali diplom bilan taqdirlandi...

Abduvaxabova Nilufar Abdusaid qizi

3c96d36f8d2286b61f4a76fa071a1ffa.JPG

Familiya, ismi-sharifi: Abduvaxabova Nilufar Abdusaid qiziTug‘ilganyili, kuni va joyi: 27.06.1995-yil, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumaniTahsil olayotgan oily ta’lim muassasasi: Toshkent pediatriya tibbiyot institutiFaoliyat yo‘nalishi:Tibbiy pedagogikaXalqaro va Respublika anjumanlaridagi ishtiroki:“Keksalarni e’zozlash” ga bag’ishlangan talabalar ilmiy anjumanida qatnashgan. Bunda “Tibbiy muassasalarida ishlatiladigan usul va ta’lim uslubi”, “Tibbiy atamashunoslikni tibbiyotdagi o’rni” mavzularida tezislar chop etgan.Erishgan natijasi: 2015-2016 o‘quv yilida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Professor O.T.Oqilov” nomidagi stipendiyasi sohibasi...

Ahadjonov Asilbek Abdusalom o’g’li

c106d8215516f37e474284e99bd279fc.jpg

Ahadjonov Asilbek Abdusalom o’g’liAhadjonov Asilbek Abdusalom o’g’li 4 may 1999 yilda Farg’ona viloyati, Furqat tumanida tug’ilgan.2011 yildan buyon litseyning o’zbek xalq cholg’ulari bo’limi nay mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchi S.Saidova sinfida taxsil olib kelmoqda.Shu o’quv davr mobaynida o’zining tirishqoqligi, mexnatsevarligi, darslarga faol ishtirok etib kelayotganligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. O’ziga juda talabchan, berilgan vazifalarni aytilganidan ham ziyoda qilib bajarishga harakat qiladi. Litseyda o’tkazilgan barcha tadbirlarda qatnashib, o’quvchi va o’qituvchilarning olqishiga sazovor bo’lmoqda. Litseyning o’zbek xalq cholg’ulari orkestri tarkibida radio va televedenie orqali bir necha bor chiqishlar qildi.2014 yil 22-25 mart kunlari R.Glier nomidagi RIMALning katta zalida Toshkent shahrida joylashgan o’rta maxsus musiqa kollej va litseylar aro o’tkazilgan “Farrux Mirusmonov” nomidagi yosh sozandalarning I tanlovidaI darajali diplom bilan taqdirlandi.2014 yil 7-11 iyun kunlari Frantsiyaning Parij shahrida bo’lib o’tgan “Parij ritmlari”nomli Xalqaro festival-tanlovida qatnashib Gran pri mukofotini qo’lga kiritdi.2014 yil 21-27 oktyabr kunlari Toshkentda 1-marotaba o’tkazilgan “Ona yurt ohanglari” nomli Xalqaro tanlovi Diplomi bilan taqdirlangan.2015 yil 21-23 mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Jivoy Rodnik” nomli VI Xalqaro tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlandi...

Aliyev Sherali Asqar o`g`li

1d4a9b73b2a86c41a490bf94df1f28b1.jpg

2014-2015 o`quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasining sovrindori Aliyev Sherali Asqar o`g`li 1992 yil 10 sentyabr Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tavallud topdi. Maktabni bitirgach, yuridik kollejiga o`ishga kirdi. Keyinchalik u Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida o`qishga kirdi.U “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asosi”, “Intellektual rivojlangan yoshlar taraqqiyotning eng muhim sharti”, “O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni” kabi ilmiy maqolalari hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila institutining huquqiy asoslari” va “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy hayot sohasini liberallashtirishning xususiyatlari” nomli ilmiy-ommabop risolalar muallifi. 2012 yil “Kamolot” YOIH tomonidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining kafolati” mavzusidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishdagi ko`magi uchun “Kamolot” YOIHning faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.2013 va 2014 yillar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yoshlar o`rtasida o`tkazilgan “Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-line tanlovida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan. ...

Baxtiyorov Sherzod Shuxrat o’g’li

15bec5399f650cd8085825919a8b5782.jpg

Fransiyaning Parij shahrida Violonchel yo’nalishi bo’yicha “A. Glazunov” nomidagi IX   Xalqaro tanlovida 2015 yilning 19-25 aprel kunlari ishtirok etib 1-o’rinni egallagan...

Begamov Safar Xolmirzayevich

92c5dcdb259b31057d0cddd4b3601529.jpg

Familiya, ism-sharifi: Begamov Safar XolmirzayevichTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 13.08.1991yil Termiz shahrida tavallud topgan.Ta'lim olgan/olayotgan maktabi:Termiz shahar 12- umumiy o‘rta ta'lim maktabini tamomlaganTahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakultetida tahsil olmoqdaFaoliyat yo‘nalishi: Xorijiy investitsiyalarni jalb yetish va uning samaradorligini oshirish.Erishgan natijalari: 2014 yil Moliya –kredit fanlari” bo‘yicha fan olimpiadasi g‘olibi...

Bektimirova Alina Amirovna

1ae222c6c057616eae427d79152a0a8b.JPG

Familiya, ismi-sharifi: Bektimirova Alina AmirovnaTug‘ilganyili,kunivajoyi:16.04.1994-yil, Toshkent shaharTahsil olayotgan oily ta’lim muassasasi:Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiFaoliyat yo‘nalishi: Davolash ishiXalqaro va Respublikaanjumanlaridagi ishtiroki:ToshPTITalabalarlmiyjamiyatiningilmiy-amaliyanjumanlaridatezislarivaRossiyadao‘tkazilganyosh olimlarningvatalabalarning “Tibbiyotdagidolzarbilmiymuammolarnizamonaviyyechimi” mavzusidagiilmiysessiyasidamaqolasibilanishtiroketgan. Erishgan natijasi:2015-2016 o‘quv yilida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining“ AkademikA.I.Nikolayev” nomidagi atoqli olim stipendiyasi sohibasi...

Bistrigova Anastasiya Viktorovna

6f809a98d27c58cfa29f08386ce27ebf.jpg

Familiya, ism - sharifi: Bistrigova Anastasiya ViktorovnaTug’ilgan yili, kuni va joyi:2.02 1993 йил Toshkent shahrida tavallud topgan.Ta’lim olgan maktabi: Toshkent shаhridagi 221-o'rta maktabda tahsil oladi.Ta’lim olgan kolleji: Mirzo Ulugbek nomidagi informatika kasb-hunar kollejini tamomlagan.Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Lomonosov nomli Moskva Davlat Universiteti Toshkent shahar filialiFaoliyat yo’nalishi: Amaliy matematika va informatikaXalqaro tadbirlardagi ishtiroki: Noyabr 2012, Toshkent – ACM ICPC Uzbekistan Subregional ContestDekabr 2012, Toshkent – ACM ICPC North-Eastern European Regional ContestOktyabr 2013, Toshkent – ACM ICPC Uzbekistan Subregional ContestDekabr 2013, Toshkent – ACM ICPC North-Eastern European Regional ContestIyun 2014, Ekaterinburg – ACM ICPC World FinalsNoyabr 2014, Toshkent – ACM ICPC Uzbekistan Subregional ContestDekabr 2014, Toshkent – ACM ICPC North-Eastern European Regional ContestErishgan natijalari: 2012, ACM ICPC North-Eastern European Regional Contest – Third Award in Tashkent Regional Group2013, ACM ICPC Uzbekistan Subregional Group – First Place2013, ACM ICPC North-Eastern European Regional Contest – First Place in Tashkent Regional Group2013, ACM ICPC North-Eastern European Regional Contest – Diploma of the Second Degree2014, 38th Annual ACM – ICPC World Finals – 19th place among 122 teams...

Dadajonova Madinabonu Odiljon qizi

58db897dae65dbaad276d858e867ef4f.jpg

Dadajonova Madinabonu  Odiljon qizi 1991 yil 29 oktyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 23-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim va bolalar sporti ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Madinabonu Dadajonova Odiljon qizi 2011-2012 o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  U institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.  Madinabonu Dadajonovaning ilmiy maqolalari turli nufuzli ilmiy to‘plamlarda, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etilgan. Uning “Yoshlarda e'tiqod va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari”, “Maktab psixologining kasbiy tayyorgarligi va o‘quvchilar bilan birga olib boriladigan ishlar”, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil individual o‘quv harakatlarini shakllantirish”, “Shaxslararo nizolarning psixologik muammolari”, “Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik muammolari...

Ergashev Aziz Bahodir o’g’li

075c0b93dcb18b9a4f7a1ba161ff1a2c.jpg

Ergashev Aziz  Bahodir o’g’li 1998 yil 9 fevral kuni tavallud topgan. O’zbekistonning Toshkent shahrida o’tkazilgan “ISTЕ'DOD” nomli Xalqaro tanlovida ishtirok etib, 1 –o’rinni olgan...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit