Arxitektura

Natijalar 1—5 jami 5 tadan

Zukurova Svetlana Maksetovna

c73e4a1e58670432c49f84657f143b88.JPG

Zukurova Svetlana 1989 yili 11 avgustda Nukus shahri ziyolilar oilasida tug‘ildi. 1996 yil 12-sonli o‘rta maxsus ta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga bordi.Maktabni 2005 yil a’lo baholarga tamomlab, shu yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyga o‘qishga qabul qilindi. 2008 yili litseyni ham a’lo baholarga bitirib chiqdi. 2014 yil Berdaq nomidagi Qorqalpoq universiteti texnika fakulteti arxitektura ta’lim yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga kabul qilindi. Hozirgi kunda ushu dargohning 3-bosqichida ta’lim olmoqda.O‘qish davomida ko‘pgina tadbirlarga, ilmiy-amaliy konferentsiyalarga, jamaot ishlariga faol qatnashib kelmoqda. Ko‘pgina ilmiy, gazeta maqolalarini chop ettirib kelmoqda. Bitta uslubiy-qo‘llanma ham chop ettirgan, bu yil yana ko‘pgina ilmiy va uslubiy-qo‘llanmalar ustida ish olib bormoqda. Izlanishlari natijasi o‘laroq 2016-2017 o‘quv yili Beruniy davlat stipendiyati bo‘lishga muyassar bo`ldi.Erishgan natijalari: 18.04.2016 yilda Urganch shahri «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» ilmiy maruzalar tanlovi04.04.2016 yilda Nukus shahri «Iqtidorli talabalar» tanlovi26.04.2016 yilda Nukus shahri «Kasbim fahrim» tanlovi2016 yilda Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori...

Salimov Obidjon Qosimboevch

d227b9b1c490b13e1bdd7b03b9e5086d.jpg

Familiya, ism-sharifi: Salimov Obidjon Qosimboevch.Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 15.11.1989 yilda  Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug'ilgan.Tahsil olgan / olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Farg‘ona Politexnika instituti “Qurilish” fakulteti, 5340400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji talim yo‘nalishi 4-kurs, 8-13 guruh talabasi.Faoliyat yo‘nalishi: Er osti issiq suvlaridan binoni isitish tizimida foydalanish masalalariErishgan natijasi: “Beruniy” Davlat stipendiyasi g‘olibiTarjimai holSalimov Obidjon Qosimboevich 1989 yil 15 noyabrda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Poromon qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ona tili, rus tili va ingiliz tillarini biladi.1997 yilida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 49-o‘rta maktabning 1-sinfiga o‘qishga bordi. 2006 yili mazkur maktabni 9-sinfini tamomlab shu yili Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaxridagi Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litseyda o‘qishni davom ettirdi. 2009 yilda akademik litseyni tamomlab, 2013 yil Farg‘ona politexnika institutiga o‘qishga kirdi...

Yusupova Aziza Islomovna

O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomli Davlat stipendiya lari 2013 yilgi tanlovining g‘olibi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi bo‘lgan.Tarjimai hol1988 yil 28 noyabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Tongqo‘rg‘on shaharchasida tug‘ilgan. 1996-2004 yillarda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabni 9 sinfni a'lo bahoga tamomlagan.2004 yil Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qoshidagi 1-son akademik litseyda o‘qishni davom ettirdi.Litseyda o‘qigan paytlarida ham turli xil tadbirlarda faol ishtirok etib "Eng yaxshi kitobxon" ko‘rik tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Litseyda o‘qigan paytlarda ham olimpiadalarda, turli fanlardan bo‘ladigan litseylararo musobaqalarda, adabiy kechalarda va ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib turli sovg‘alar bilan taqdirlangan. 2008 yilda "Kelajak ovozi" Respublika yoshlar tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi va shu yili "Yosh tadbirkorlar maktabi" tanlovida respublika bosqichi g‘olibasi. 2010 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti "Qishloq qurilishini loyihalashtirish" ta'lim yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilindi.2011 yilning mart oyida "Kamolot" YOIH, hamda BMT TD "O‘zbekiston BIZNES FORUMI" loyihasining "Yosh tadbirkorlar biznes treningi" kursida o‘qib malakasini oshirgan. Iyun oyida "Mening biznes g‘oyam", iyul oyida "Yosh tadbirkor-yurtga madadkor" loy...

Qahhorova Madina Jaxongir qizi

88a2d1be72082ab1a8a3ab1bd87a7858.jpg

Familiya,ism-sharifi: Qahhorova Madina Jaxongir qizi Tug'ilgan yili, kuni va joyi: 14 iyun 1992 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Ta'lim olgan maktabi: 1999 yil 86-o'rta maktabda ta'lim olgan Tahsil olayotgangan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent arxitektura qurilish institutiFaoliyat yo'nalishi:Arxitektura Erishgan yutuqlari:“Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori (2014)...

Ibragimov Najib Hasanovich

e36c8de1acceef6150702435925c5c0a.PNG

Ibragimov Najib Hasanovich O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori. 1988 yil 6 iyulda Samarqand shahrida tug‘ilgan.1995-2004 yil Samarqand shahridagi 49-o‘rta maktabda o‘qigan. 2004-2006 yil Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qoshidagi 2-akademik litseyda ta'lim olgan.2006 yil Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining «Arxitektura» ta'lim yo‘nalishi 1-kursga davlat granti asosida qabul qilingan. 2008 yilda «Muhandislik kompyuter grafikasi» fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida qatnashib faxrli II- o‘rinni olgan.2009 yilda «Me'mor-2009» Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, O‘zbekis­ton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston «Kamolot» YOIH markaziy kengashi va O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi tomonidan diplom bilan taqdirlandi. 2009 yilda «O‘zbekiston talabalarining yaxshi ishlari» XI-talaba-yoshlar ko‘rik-tanlovida «Go‘ri Amir me'moriy majmuasini maketda qayta tiklash» ishi bilan qatnashib O‘zbekiston Me'morlar uyushmasi boshqaruvining II-darajali diplom bilan taqdirlandi..2011-2013 yil Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining «Bino va inshootlar arxitekturasi» mutaxassisligi bo‘yicha magistaturada tahsil oldi. 2013 yilda "Bino va inshoot arxitekturasi" kafedrasi dotsenti R.T.Toshtemirov rahbarligida «Samarqand shahar suv-sport-sog‘lomlashtirish markazlari arxitekturasi» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiya...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit