Yurisprudensiya

Natijalar 11—12 jami 12 tadan

Aliyev Sherali Asqar o`g`li

1d4a9b73b2a86c41a490bf94df1f28b1.jpg

2014-2015 o`quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasining sovrindori Aliyev Sherali Asqar o`g`li 1992 yil 10 sentyabr Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tavallud topdi. Maktabni bitirgach, yuridik kollejiga o`ishga kirdi. Keyinchalik u Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida o`qishga kirdi.U “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asosi”, “Intellektual rivojlangan yoshlar taraqqiyotning eng muhim sharti”, “O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoatchilik nazoratining o`rni” kabi ilmiy maqolalari hamda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila institutining huquqiy asoslari” va “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy hayot sohasini liberallashtirishning xususiyatlari” nomli ilmiy-ommabop risolalar muallifi. 2012 yil “Kamolot” YOIH tomonidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining kafolati” mavzusidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishdagi ko`magi uchun “Kamolot” YOIHning faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.2013 va 2014 yillar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yoshlar o`rtasida o`tkazilgan “Parlamentarizm bilimdoni-2014” on-line tanlovida faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan. ...

Mavlonov Abdulnosir Xayrullayevich

a9ac0da7e69ea5716b67c6b18cf06f44.PNG

Mavlonov Abdulnosir Xayrullayevich2012-2013 o‘quv yillari Navoiy stipendiyasi sovrindori Mavlonov Abdulnosir Xayrullayevich 1985 yil 2 may Namangan viloyat Norin tumanida tug‘ilgan. U 2009 yil Namangan davlat universiteti Huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga qabul qilingan.Tarjimai holU o‘qish davomida 60 dan ortiq maqolalar muallifi bo‘lgan. U 30 ta ilmiy maqola va anjuman tezislari hamda 30 ta ilmiy-publitsistik maqola muallifi. TDYUU "Yosh olimlar jurnali"ning muntazam ishtirokchisi. Jinoyat Kodeksi normalarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuskorlik huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlarga takliflar berib kelmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy anjuman va tadbirlarning faol ishtirokchisi...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit