Tarix

Natijalar 1—10 jami 13 tadan

Radjabov Ozodbek Aminboyevich

7ff4350ea2db1fe37a07a1cb7de887fb.JPG

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 01-09-1994, Xazorasp tumani, Xorazm viloyatiTa’lim olgan/olayotgan maktabi: 2001-2010 -Hazorasp tumanidagi 1-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashgan maktabi. 2010-2013 - Urganch shahar, UrDU qoshidagi 2-son akademik litsey . 2013-hozirgacha - Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti.Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi:2013 yil va hozirgacha - Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universitetiFaoliyat yo‘nalishi: TarixErishgan natijalari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2016 yil 29 oktyabrdagi 3\10 buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy -gumanitar va ijtimoiy fanlar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi Qirqdan ortiq ilmiy maqolalari va bitta monografiyasi e’lon qilingan.Tarjimai holRadjabov Ozodbek Aminboyevich Urganch davlat universitetining tarix fakulteti tarix ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. Darsdan bo‘sh paytlarida fors va ingliz tilini o‘rganmoqda. Hozirgi kunda “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va tarixi” mavzusida ilmiy ishimni olib bormoqda...

Mamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘li

e5f29325f3c8238b6117b756c2bf41c4.JPG

Tug‘ilgan yili: 12.06.1992 yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.Ta’lim olgan maktablari: 1999-2008 yillarda Uchqo‘rg‘ontumani 20-umumta’lim maktabi. 2008-2011 yillarda Namangan Yuridik kolleji.Tahsil olayotgan oliy talim muassasasi:2013 yil 2 sentyabrdan Namangan davlat universitetining ijtimoiy iqtisodiy fakulteti, tarix yo‘nalishidaFaoliyat yo‘nalishi: gumanitar fanlarTarjimai holMamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘li 1992 yil Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti — oliy.U 1999 yilda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 1-sinfiga bordi. Ushbu maktabni 2008 yilda tamomlab, shu yili Namangan yuridik kollejga o‘qishga qabul qilingan. Kollejda o‘qish davrida ko‘plab huquqshunoslik fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan. Shu bilan birgalikda 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Yosh huquqshunoslar” respublika ko‘rik tanlovida Namangan viloyatining “Adolat” jamoasiga sardorlik qilgan.Ushbu kollejni 2011 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2012-2013 yillarda Qashqadaryo viloyatida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytdi. 2013 yilda Namangan davlat univesiteti Tarix yo‘nalishiga to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan. Talabalik davrida ilm-fan yutuqlarini egallash bilan birga, o‘quv yili davomida o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlarda faol ishtir...

Mahmudov Saidamirxon A’loxon o‘g‘li

170a4deb3df312371e3d9812f51da573.JPG

Familiya, ism va sharifi: Mahmudov Saidamirxon A’loxon o‘g‘liTug‘ilgan yili, kuni va joyi: Andijon shahar, 05.06.1994 yilTa’lim olgan maktabi: Andijon shahar 2-umumta’lim maktabiTahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Andijon davlat universitetiFaoliyat yo‘nalishi: Tarix fakultetiXalqaro tadbirlardagi ishtiroki:“Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanishda tolerantlik dolzarb muammolari : Tadqiqot metodologiyasi, hozirgi davr va istiqbol” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat.2016 yil Ukraina, Xarkov shahri, “Nitts-Znaniye” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikat.2016 yil Rossiya, Sakt-Peterburg, “Globus” davriy ilmiy jurnali faol ishtiroki uchun sertifikat.2016 yil, Rossiya, Moskva, “Physics” ilmiy jurnali faol ishtiroki uchun sertifikat.Erishgan natijalari :2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi hududiy bosqichi. “Iftixor” jamoasi bilan 1-o‘rin2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi mintaqaviy bosqichi.“Iftixor” jamoasi bilan 2-o‘rin2014 yil Tafakkur sinovlari Respublika tanlovi mintaqaviy bosqichida faol ishtiroki uchun Andijon davlat universiteti rektori tashakkurnomasi.2014 yil tadbirlardagi faol ishtiroki va namunali xulqi uchun Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i.2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlarda O...

Norbekov Umid Jo‘rabek o‘g‘li

1f62427aa16b8a918e4486c78f2f8e47.png

2010 yil "Navoiy" nomli davlat stipendiyasi sohibi. 1987 yilning 1 yanvarida Jizzax shahri Olmazor mahallasida tug‘ilgan.Tarjimai hol2007-2011 yillar Jizzax Davlat pedagogika instituti «Tarix» fakulteti «Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq» yo‘nalishi talabasi bo‘lgan. O‘ndan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi...

Muborakov Sherzod Yusufjonovich

971223ef457826bfd8271591b926bb28.png

2010 - 2011 o‘quv yilida Navoiy stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.Tarjimai holMuborakov Sherzod Yusufjonovich 1986 yil 5 aprel Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U 2007-2011 yillar Namangan davlat universiteti Tarix fakulteti «Tarix» yo‘nalishida bakalavriaturani, 2011-2013 yillarda "O‘zbekiston tarixi" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. U 8 ta ilmiy maqola va 10 ta anjuman tezislarining muallifi. 2009 - 2011 yillarda "Yosh tarixchi" to‘garagida faol qatnashib, tengdoshlari orasida ilmiy fikrlashlari bilan alohida ajralib turgan.2011-2013 yillarda Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondining "Menejer" loyihasida faol ishtirok etgan, shu bilan birga "boshqaruv" va "jamoada ishlash" malakalarini o‘zlashtirgan. Bu bo‘yicha tegishli sertifikatga ega. Muborakov Sherzod hozirda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi Profilaktika noziri bo‘lib ishlamoqda...

Yoqubov Muxammadali G'ofurjon o'g'li

b7b8c317faa197f2fa1b5125a65c878f.png

Familiya, ism-sharifi: Yoqubov Muhammadali G‘ofurjon o‘g‘liTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 13.01.1991 Farg‘ona viloyati, Furkat tumaniTa’lim olgan/olayotgan maktabi: Kukon Avtotransport KXKTahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi 3-bosqich talabasiFaoliyat yo‘nalishi: O‘zbekiston tarixiXalqaro tadbirlardagi ishtiroki:yo‘qErishgan natijalari:2015 yilda Navoiynomidagi davlat stipendiyasi sovrindoriTarjimai hol: Men, Yoqubov Muhammadali G‘ofurjon o‘g‘li1991 yil 13 yanvarda Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilganman. 1997 yil Furqat tumanining 19 -o‘rta maktabga qabul qilinganman. 2006 yil Furqat tumanida joylashgan 22-o‘rta maktabiga 9 -sinfga qabul qilinganman, 2009yil ushbu maktabni 11 -sinfini a’lo baholarga tamomlagan. 2009 yilda Qo‘qon Avtotransport KXKga qabul qilinganman. 2012 yil ushbu kollejni a’lo baholarga tamomlab, 2013 yilda QDPI ga test sinovi natijalariga ko‘ra grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Hozirda shu oliygohning 3-kurs talabasiman...

Xushvaqtov Nodirjon Hakim o’g’li

32ebd52cb0fdff2bff6179d6dfababde.png

Familiya, ism-sharifi: Xushvaqtov Nodirjon Hakim o’g’liTug’ilgan yili, kuni vajoyi: 1995-yil 24-may Samarqand viloyatiUrgut tumani Ta’lim olgan maktabi: Samarqand shahar 63-maktabTa’lim olayotgan oliy ta’lim muassasi: Alisher Navoiy nomidagi Samarqanddavlat universiteti Tarix fakulteti Yo’nalish nomi: Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) yo’nalishiXalqaro tadbirlardagi ishtiroki:2015-yilda Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan Xinjing Normal universitetiga grant asosida ta’lim olish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.Erishgan natijalari: 2015-2016 o’quv yilida Navoiy no midagi Davlat stipendiyasi sovrindori.Tarjimai holMen XushvaqtovNodirjon Hakim o’g’li 1995 yil 24-mayda Samarqand viloyati Urguttumanida ziyoli oilasida tug’ilganman. Millatim o’zbek. 2001-yildan boshlab Samarqand shahrida joylashgan 63-maktabga 1-sinfga qabul qilindim. 2010-yil maktabni a’lo baholarga tamomladim. Shu yili SamDU qoshidagi 1-son akademik liseyining ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishiga o’qishga qabul qilindim. Liseyda ta’lim oliy mobaynida mutaxasislik fanlarini a’lo darajada o’zlashtirdim. 2013-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqanddavlat universiteti Tarix fakultetiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindim. Otam Xushvaqtov Hakim Abdilhaqovich. 1972 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek.SamDU fizika fakulteti dosenti.Onam Mardonova Shohida Raxmonovna. 1974 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug’ilgan. ...

Omarov Salamat Muratovich

Ta`lim olgan/olayotgan maktabi:№ 9-sonli maktabTahsil olgan/olayotgan oliy ta`lim muassasasi:Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika InstitutiFaoliyat yo`nalishi:Tarix. Tarix o`qitich metodikasiHalqaro tadbirlardagi ishtiroki: -Erishgan natijalari: Yil Tadbir nomi Natijasi 2015 y Mart Institut miqiyosida Ajiniyoz nomidagi stipendiya tanlovi Tanlov g`olibi 2015 y 2015-2016 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi nomdor davlat stipendiyalari tanlovi Navoiy nomidagi stipendiya g`olibi Tarjimai hol:Men Omarov Salamat Muratovich 1993 yil 21 fevralda Qoraqalpog`iston RespublikasiNukus shahrida tug`ildim. Millatim qoraqalpoq.1999 yil Nukus shahridagi 9-sonli o`rta maktabniңg birinchi sinfiga o`qishga borib, 2008 yili mazkur maktabning 9-sinfini a`lo baholarga tugattim. 2008-2011 yillar mobaynida QDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyda tahsil oldim. O`qish davrimda sportning Kik-boksing turi bilan shug`ullanib birqansha faxriy yorliqlar bilan taqdirlandim. Shu bilan birgalikda ilmiy-ijodiy ishlar olib borib va bir qansha maqolalarni nashrda e`lon qildim.Tarix faniga qiziqishim tufayli men Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakul`tetining 2012 yilTarix o`qitish metodikasi bakalavr ta`lim yo`nalishiga to`lov shartnoma asosida o`qishga qabul qilindim. Fakul`tetda Kamolot YoIH tomonidan o`tkazilganhar xil tadbirlarga muntazam ravishda qatnashib kelmoqdaman.O`qish bilan birgalikda t.f.n. A.Saribaevning ilmiy rahbarligida «Qo...

Otamurodova Roviyajon Olimboеvna

da3e89dbf33835d843453355742b61f8.png

2012-yilda Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi bo`ldi. 1991-yilda 5-martda Urganch tumanida tug`ilgan. 1998-2009-yillarda o`rta maktabda ta`lim olgan.2009-2013 yillarda Urganch davlat universitetining Tarix fakulteti tarix yo`nalishida shartnoma asosida tahsil olgan. 2011-yilda Urganch davlat universiteti iqtidorli talabalar safiga qabul qilinfan va o`qishi mobaynida 20 dan ortiq maqolalari chop qildirgan. 2013 yildan Urganch davlat univеrsitеti Tarix fakultеti tarix yo`nalimi 1-kurs magistranti...

Almardonov Otabek Qudratovich

d2010a55de2caea4130988739d7b9e19.jpg

Familiya, ism-sharifi: Almardonov Otabek Qudratovich Tug'ilgan yili, kun i va joyi: 10 avgust 1990 yil Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida tavallud topgan. Faoliyat yo'nalishi: Tarix fakulteti “Davlat boshqaruvi va mahalliy o'z-o'zini boshqaruv (faoliyat turi bo'yicha)” magistranti.Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:1. 2010 yil Toshkent shahri Osiyo taraqqiyot banki 43-yillik anjumanida tarjimonErishgan natijalari:1. 2004- yil fransuz tilidan viloyat fan olipiadasida 2- o'rin2. 2005- yil fransuz tilidan viloyat fan olipiadasida 1- o'rin3. 2006-yil “Siz tarixni bilasizmi” ko'rik tanlovida 1- o'rin4. 2006- yil “Yosh kitobsevarlar” ko'rik tanlovida viloyat miqyosida 1- o'rin5. 2007-yil “Siz huquqni bilasizmi” ko'rik tanlovida 2- o'rin6. 2008-yil “Siz huquqni bilasizmi” ko'rik tanlovida 1- o'rin7. 2009-yil “Siz tarixni bilasizmi” ko'rik tanlovida 2- o'rin8. 2009- yil tarix fanidan respublika olipiadasida 3- o'rin9. 2011- yil “Respublika Tafakkur sinovlari” ko'rik tanlovida 3- o'rin10. 2012- yil “Respublika Tafakkur sinovlari” ko'rik tanlovida 2- o'rin11. 2014-2015- yillar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit