Iqtisod

Natijalar 21—30 jami 36 tadan

Otabekov Davronbek Yusuf o'g'li

5ff728b930cf08632be1685e5947fb35.jpg

Tarjimai xolMen Otabekov Davronbek Yusuf o‘g‘li, 1991 yil 1 iyul sanasidan, Toshkent shahrida ziyolilar oilasida dunyoga keldim. JIDU qoshidagi akademik litseyni a’lo baholar bilan tamomlab, 2010 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi fakultetiga 1-kursga o‘qishga qabul qilindim. Xozirda mazkur fakultetning 2-kurs magistrantiaman.Otam – Dadajonov Yusuf Otabekovich, UzTelekom xodimi.Onam –Dadajonova Nargiza Shavkatovna, uy bekasi.Hozirgi kunda men barcha fanlarni a’lo o‘zlashtirish bilan birga ilmiy izlanish olib borayapman. Ushbu mavzu bo‘yicha 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarim institut va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida nashr etildi. Bundan tashqari O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 10 dan oshiq maqolalar va ma’ruza tezislarini ham chop ettirdim.2015-2016 o‘quv yilida esa Huquq va xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldim...

Hasanova Nigora Hasan qizi

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Jizzax viloyati, Paxtakor tumani,A.Yassaviy nomli 7-o’rta maktab.Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Gulistondavlat universiteti.Faoliyat yo’nalishi:Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, Iqtisodiyot yo’nalishi, 4-bosqich, 41-12 guruh talabasi.Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki:-2015 yil oktyabr, Astana, Kazakxistan, Participated at the international scientific and practical conference “EURASIAN SPACE IN THE LIGHT OF HISTORICAL EVENTS AND CIVILIZATIONS” xalqaro anjuman ishtirokchisi. Sertifikat bilan taqdirlangan.-2015 yil oktyabr, Participated at the international scientific and practical conference “EURASIAN SPACE IN THE LIGHT OF HISTORICAL EVENTS AND CIVILIZATIONS” Sertifikat bilan taqdirlangan. Erishgan natijalari:2015-2016 o’quv yili Navoiy Davlat stipendiyasi sohibasi.Tarjimai hol:Hasanova Nigora Hasan qizi1992 yil 25 fevralda Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida tug’ilgan.Millati o’zbek. Otasi - Bolibekov Xasan Mustafoevich 1958 yilSamarqand viloyati Jonboy tumanida tug’ilgan. Onasi - Bolibekova O’g’iloy Qudratovna 1965 yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. Hozirda uy bekasi.Akasi - Bolibekov Ortiq Xasanovich 1983Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug’ilgan. Hozirda Toshkent shaxrida xususiy firma muxandisi lavozimida ishlaydi. Opasi - Sadirova Nargiza Xasanovna 1985 yil Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug’ilgan. HozirdaArnasoy tumani 3-sonli maktabgacha talim muassasasi tarbiyachisi bo’li...

Diyora Salimova

Maktab o'quvchilari o'rtasida 49- ҳamda 50- xalqaro matematika olimpiadalarining bronza va kumush medali sohibi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati. 2009 yilda Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilingan.Tarjimai holDiyora Salimova 1990 yilda tug'ilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. Maktab o'quvchilari o'rtasida 49- hamda 50- xalqaro matematika olimpiadalarining bronza va kumush medali sohibi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati. 2009 yilda Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilingan.2006 yil akademik litseyda o'qiy boshlagan Diyora bu yerda o'zining noyob iqtidori bilan barchani hayratga soldi.Undagi qobiliyatni payqagan matematika o'qituvchilari Sherzod Do'stov, Jamshid Rasulov Diyora bilan yanada chuqurroq shug'ullana boshladi. Dastlab, uning "Tengsizliklarni ekstremumlar yordamida isbotlash" va "Cheva teoremasi" nomli maqolalari nashr qilindi.2008 yilda Diyora ilk katta muvaffaqiyatga erishdi. 10-22 iyul kunlari Ispaniya poytaxti Madrid shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan 49-xalqaro matematika olimpiadasida 6 o'quvchidan iborat o'zbekiston terma jamoasi 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ular orasida Diyora Salimova ham bor edi.Muvaffaqiyatdan ruhlangan Diyora o'z ustida tinimsiz ishlashda davom etdi. O'sha yili Turkiya, Qo...

Yovqochev Sherzod Shuhrat o‘g‘li

ee6f82c31ac01da37457cbfe494e3ee3.jpg

2012-2013 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori. Yovqochev Sherzod Shuhrat o‘g‘li 1991 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009 yil TDSHI "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik" fakultetiga o‘qishga kirgan.Tarjimai holHozirgi kunda u rus, ingliz va xitoy tillarini mukammal o‘zlashtirgan. 2011-2012 yillarda O‘zMU qoshidagi Harbiy kafedrasida seksiya komandiri vazifasini bajarib keldi. Harbiy kafedrada ta'lim olish jarayonida bir qator faxriy yorliqlarga sazovor bo‘ldi. U 2012 yilda CAP/CIPA xalqaro dasturi bo‘yicha "Moliyaviy Hisob-1" va "Soliq-1" nomli o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatga ega bo‘ldi. Sh.Yovqochev 2012 yil institut Kamolot YOIH tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Yil sarhisobi"da eng a'lochi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. 2013 yil may oyida Xorazmda bo‘lib o‘tgan "Talabalar bahori-2013" ananaviy respublika miqyosidagi festivalda o‘zining maqolasi bilan ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi...

Achilov Ozod Chorievich

b733ea2ce11f83167d8af81dddb6599c.jpg

Achilov Ozod 2010-2011 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli talabalari uchun beriladigan "Ilmiy kengash" stipendiyasiga loyiq topilgan. Shuningdek, ToshDAU "Kamolot" YoIH BT va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining bir necha faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.2011-2012 o‘quv yilida Ozod Achilov beriladigan "Navoiy" nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. U 1989 yilda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan. 2008 yil Toshkent davlat agrar universiteti Marketing yo‘nalishi kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va 2012 yilda universitetni imtiyozli tamomlab, hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Iqtisodiyot" (canoat tarmoqlari bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti. Shu kungacha uning "O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li: tahlillar, raqamlar va mulohazalar" va "O‘zbekistonning makroiqtisodiy va investitsion siyosati: muammolar, tahlillar, natijalar" nomli ilmiy-ommabop risolalari, shuningdek, 30 dan ortiq maqola va tezislari respublikamizda o‘tkazilgan turli ilmiy-amaliy anjumanlarda hamda turli ilmiy nashrlarda chop etilgan...

Atoyev Abbos Abdurazzoqovich

Atoyev Abbos Abdurazzoqovich  1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro Davlat Universitetini tamomlagan.2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori.2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.2005-2012-yillar mobaynida Qozogʻiston, Ukraina, Chernogoriya, Xitoy Taypey, Turkiya, Finlyandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Rossiya, Bolgariya, Germaniya, Armanistonda boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalar sovrindori.2009-yil Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.2010-yilning 13-16 noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 2-oʻrinni egalladi2012-yil Qozogʻistonning Osiyo Olimpiya saralash musobaqasida oltin medal sohibiga aylandi va shu bilan London Olimpiyadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.2012-yilda Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib bronza medalini qoʻlga kiritdi...

Begamov Safar Xolmirzayevich

92c5dcdb259b31057d0cddd4b3601529.jpg

Familiya, ism-sharifi: Begamov Safar XolmirzayevichTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 13.08.1991yil Termiz shahrida tavallud topgan.Ta'lim olgan/olayotgan maktabi:Termiz shahar 12- umumiy o‘rta ta'lim maktabini tamomlaganTahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakultetida tahsil olmoqdaFaoliyat yo‘nalishi: Xorijiy investitsiyalarni jalb yetish va uning samaradorligini oshirish.Erishgan natijalari: 2014 yil Moliya –kredit fanlari” bo‘yicha fan olimpiadasi g‘olibi...

Xoliqova Ruxsora Sanjarovna

fa9c7620792b57f2bf0719b704619bc1.jpg

Familiya, ism- sharifi: Xoliqova Ruxsora SanjarovnaTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 21 avgust 1992 yil Buxoro viloyatida tavallud topganTa'lim olgan maktabi: Toshkent shahar Iqtisodiyot kollejini 25.06.2011 yil tamomlagan.Ta'lim olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiFaoliyat yo‘nalishi: Iqtisodiyot (Infratuzilma)Erishgan natijalari: 12 may 2014 yil “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan respublika fan olimpiadasi g‘olibi, 2014 yil Navoiy nomli Davlat stipendiyasi g‘olibi...

O‘razboyev Nurullo Abdurahmonovich

2f40a755d448964bb6b34bfe1acde69a.jpg

Familiya, ismi-sharifi: O‘razboyev Nurullo AbdurahmonovichTug‘ilgan yili kuni va joyi: 24.03.1990 yil Jizzax viloyatida tavallud topgan.Ta'lim olgan maktabi / OTM(bakalavriyat): Toshkent tekstil va yengil sanoat institutiTahsil olayotgan OTM (magistratura): Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura bo‘limiMutaxassisligi: Jahon iqtisodiyotiErishgan natijalari: 2014 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezident stipendiantiga sazovor bo‘lgan...

Sohibov Ilyos Jo‘rayevich

00e5a3dde4e1aafd6005d67ba25f8753.jpg

Familiya, ism-sharifi: Sohibov Ilyos Jo‘rayevichTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 10.04.1987 yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan.Tahsil olgan maktabi: 1993-2001 yil Yorbobo Toshev nomidagi o‘rta maktab, Shahrisabz tumanida tahsil olgan.Tahsil olgan/ olayotgan oliy ta'lim muassasasi: 2005-2008 yillar – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (“Marketing tovarlar va xizmatlar ta'lim yo‘nalishi)Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (“Marketing tovarlar va xizmatlar) ta'lim yo‘nalishi.Faoliyat yo‘nalishi:Hozirgi kunda «Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda raqamli marketingning axamiyati» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi ustida izlanish olib bormoqda.Xalqaro tadbirlarda ishtiroki:2014 yil Toshkent moliya instituti, Toshkent shahar “Agrar sohani boshqarishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaErishgan natijalari:2014 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Biznes” fakultetida o‘tkazilgan “Ingliz tili bilimdoni” ko‘rik tanlovi, ko‘rik tanlov g‘olibi va diplom bilan taqdirlangan; 2014 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi ko‘rik tanlovi g‘olibi...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit