Pedagogika

Natijalar 31—40 jami 40 tadan

Nazarova Feruza Feruza Imomali qizi

f1e55ee7d51dcde3d8ca56c7845f70ef.jpg

Nazarova Feruza Imomali qizi 1991 yil 4 sentyabr Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yakkatut qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1998-2008 yillar davomida O‘zbekiston tumanidagi 18- o‘rta maktabni a'lo baholarga tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.Qo‘qon Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 4- bosqich talabasi Nazarova Feruza Imomali qizi 2013-2014 o‘quv yili uchun Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.U institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. U fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirish bilan birga, jamoat ishlarida jumladan paxta yig‘im-terimida ham faol qatnashib kelmoqda. F.Nazarova “Yosh tarbiyachi” ilmiy to‘garagining faol a'zosi sifatida fan sirlarini chuqur o‘rganishga intilmoqda.Ilmiy rahbari p.f.d., dotsent N.Erkaboyeva rahbarligida jami 6 ta maqola, 2 ta qo‘llanma nashr ettirgan. Bulardan: “Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga o‘yinlar vositasida chet tilini o‘rgatish”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish yo‘llari”, “Maktabgacha ta'lim muassasalarida va oila hamkorligida bolalarning nutqini o‘stirish yo‘llari”, “Maktabgacha ta'lim tizimini ta'lim-tarbiya ...

Xo‘jayeva Shoiraxon Baxtiyor qizi

9200496c6546c93b720f93590adacaef.jpg

Xo‘jayeva Shoiraxon Baxtiyor qizi 1990 yil 27 avgust Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 15-maktabga o‘qishga kirib, 2006 yilda tamomladi. 2006-2009 yillar davomida 1-son akademik litseyida tahsil oldi. 2009 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xo‘jayeva Shoiraxon Baxtiyor qizi 2012-2013- o‘quv yili uchun Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Shoiraxon institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.  Uning ilk ilmiy ishi “Farg‘ona” nashriyotida chop etilgan “Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish: muammo va yechimlar” maqolalar to‘plamida “Badiiy dunyoqarashni shakllantirishda Muhammad Yusuf ijodi” mavzusida edi. Keyingi maqolasi “Abdulla Oripov ijodida o‘xshatish va sifatlash san'atlarining qo‘llanishi” deb ataladi. So‘ngra Shoira birin-ketin “Muqimiy lirikasida hayot va yor talqini”, “Qo‘qon xonligi davri ma'naviyati”, “Qo‘qon: kecha va bugun”, “Do‘stlik va tinchlikning dilb...

Surobova Rayxona Zokirjonovna

20311626979b8bdbb1dce95fb6c36a42.jpg

Surobova Rayxona Zokirjonovna1989 yil 12iyun Namangan viloyati Chust tumani Varzik qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1995 yilda o‘rta maktabga 1-sinfga qabul qilindi. 2002 - 2007 yillarda Chust tumani XTBga qarashli 19- ixtisoslashtirilgan litseyni a'lo baholarga tamomladi. 2010 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarix yo‘nalishi 3- bosqich talabasi Surobova Rayxona Zokirjonovna 2012-2013 o‘quv yilda Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Surobova Rayxona Zokirjonovna "Imom Buxoriy hadislarini yoshlar tarbiyasidagi o‘rni" mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlarini olib bordi. “Varzik tarixiga bir nazar”, “Varzik qishlog‘i tarixidan”, “Barkamol avlod tarbiyasida «Al jome' as-sahih» asarining o‘rni”, “Oilada barkamolshaxsni shakllantirish”, “Oila – oltin belanchak”, “Barkamol avlod tarbiyasida oila roli”,“Imom Buxoriyning hayot yo‘llari”,“Sharq mutafakkirlari oila to‘g‘risida”, “Oilaning kelib chiqish tarixi”, “SHo‘rolar davrida Farg‘ona viloyatining ma'muriy hududiy bo‘linishi”, “Ta'lim jarayoni va innovatsiya” kabi maqolalar muallifidir. Uning maqolalari “Ta'lim va texnologiya”, “Ta'lim samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalari”, “Ilmiy izlanishlar” o‘quv-uslubiy maqolalar to‘plamlarida chop ettirilgan.  Yu...

Zokirova Gulfiros Vakiljon qizi

a496e6eacf0cad8ab575834af9326ee0.jpg

Zokirova Gulfiros Vakiljon qizi1992 yil 2 yanvar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1999 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 35-maktabga o‘qishga kirib, 2009 yilda tamomladi. 2009 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining kimyo fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.   Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo ta'limi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi Zokirova Gulfiros Vakiljon qizi 2012-2013 o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Talabalik davrining ilk kunlaridanoq ilm sirlarini astoydil o‘rganishga kirishdi. Berilgan topshiriq va vazifalarni a'lo darajada bajardi. Uning qobiliyat va imkoniyatlari murakkab tuzilishli birikmalarni nomlashda Paterson va Ganch-Vidman sistemalarining qo‘llanilishi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ldi. U o‘zbek tilida bu sistemalardan foydalanishning o‘ziga xos tomonlarini ishlab chiqdi. O‘zbek kimyo atamashunosligida kimyoviy nomenklaturaning qo‘llanilishini katta qiziqish bilan o‘rganishi natijasida to‘plagan manbalarini umumlashtirib bir tizimga keltirdi va o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan “Kimyoviy birikmalar nomenklaturasi (Noorganik birikmalar)” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlab, nashr ettirishga erishdi.  U yana Toshkent kimyo texnologiyalari institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada “Выделение и фракцианирование концентра...

Dadajonova Madinabonu Odiljon qizi

58db897dae65dbaad276d858e867ef4f.jpg

Dadajonova Madinabonu  Odiljon qizi 1991 yil 29 oktyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 23-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim va bolalar sporti ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Madinabonu Dadajonova Odiljon qizi 2011-2012 o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  U institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.  Madinabonu Dadajonovaning ilmiy maqolalari turli nufuzli ilmiy to‘plamlarda, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida chop etilgan. Uning “Yoshlarda e'tiqod va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik muammolari”, “Maktab psixologining kasbiy tayyorgarligi va o‘quvchilar bilan birga olib boriladigan ishlar”, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil individual o‘quv harakatlarini shakllantirish”, “Shaxslararo nizolarning psixologik muammolari”, “Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik muammolari...

Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi

4bb28e22f07313d14fe611e35f8a9de9.jpg

Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi 1991yil 24 oktyabr Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1997 yilda tumandagi 32-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining matematika-informatika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti 4- bosqich talabasi Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi2011-2012 o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Talabalik davrining ilk kunlaridanoq ustoz va murabbiylar nazariga tushgan Muxtasar turli tanlov va tadbirlarda faollik ko‘rsatdi. Talabalar orasida o‘tkazilgan turli tadbir va tanlovlarning tashkilotchilaridan biri va faol ishtirokchilaridandir.  U matematika sohasiga doir bir qancha qo‘shimcha ilmiy asarlar, risolalar, maqolalarni qunt bilan mutolaa qildi, talabalar ilmiy-amaliy anjumanida o‘zining anchayin pishiq, sermazmun, ilmiy jihatdan asoslangan ma'ruzalari bilan doimiy ravishda qatnashib keldi.  Muxtasar o‘qish bilan birgalikda ilmiy izlanishlar ham olib bordi, uning bir qancha ilmiy ishlari turli gazeta va jurnallarda, kitoblarda nashr qilingan. “O‘rta umumta'lim maktablarining 5 – 7- sinflarida matematika o‘qitishda o‘quvchilarning deduktiv tafakkurini rivojlantirish”, “Tekislikdagi geometrik figuralar orasidagi metrik munosabatlar”, “Об одной задаче для у...

Nu'monjonov Azizjon Nu'monjonovich

2aaa74bd42e11ba2d6480c17fe962e11.jpg

Nu'monjonov Azizjon Nu'monjonovich 1988yil 21 yanvar Farg‘ona viloyati Beshariq shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1997 yilda tumandagi 1-maktabga o‘qishga kirib, 2007 yilda tamomladi. 2007 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakulteti 4- bosqich talabasi Nu'monjonov Azizjon Nu'monjonovich 2010-2011o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  U kimyo sohasiga doir bir qancha qo‘shimcha ilmiy asarlar, risolalar, maqolalarni qunt bilan mutolaa qildi, talabalar ilmiy-amaliy anjumanida o‘zining anchayin pishiq, sermazmun, ilmiy jihatdan asoslangan ma'ruzalari bilan doimiy ravishda qatnashib keldi.  Azizjon o‘qish bilan birgalikda ilmiy izlanishlar ham olib bordi, uning bir qancha ilmiy ishlari turli gazeta va jurnallarda, kitoblarda nashr qilingan. “Kimyo masalalariga doir”, “Qiziqarli kimyo”, “Noorganik kimyoviy birikmalar” shular jumlasidandir. Bir necha bor xalqaro va Respublika miqyosida kimyo fanining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjumanlarda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan.  U “Mahalliy ashyolar asosida adsorbentlar olish va ular yordamida oqava suvlarni zararli qo‘shimchalardan tozalash” ilmiy-tadqiqot mavzusi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan va tadqiqotlar natijalarini o‘z tezis va maqolalarida nashr ettirgan.  ...

Maqsudova Мashhura Muxammadaminovna

667ca46f57130fff1894fac7d9adef53.jpg

Maqsudova Mashhura Muxammadaminovna 1989 yil 15 oktyabr Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Katta Kenagas qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1997 yilda tumandagi 21-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, Tarix ta'lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Maqsudova Mashxura Muxammadaminovna 2010-2011 o‘quv yili uchun Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  M.Maqsudova Tarix fakulteti tarix yo‘nalishi iqtidorli talabasi sifatida 1-bosqichdan boshlab fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirib, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan birga institut talabalarining ilmiy jamiyati hayotida munosib o‘rin egallaydi. M.Maqsudova ilmiy rahbari Z.Boytemirova rahbarligida “Barkamol avlod: ahloqiy extiyojlari shakllantirish omillari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini nashr ettirgan. Uning 6 ta maqolasi Respublika ilmiy-nazariy anjumanlarida, oliy o‘quv yurtlari ilmiy-metodik maqolalar to‘plamlarida 6 ta maqolasi e'lon qilingan. U o‘zining ilmiy ma'ruzalari bilan talabalar ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan.  2011-2013 yillar davomida Qo‘qon davlat pedagogika institutida magistraturani o‘tadi. Hozirgi kunda Yaypan shahridagi akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. &nbs...

Ro‘ziqulova Maftuna Yuldashevna

4f1c7b6efefad9702cdc14c880c04eaa.jpg

Ro‘ziqulova Maftuna Yuldashevna 1990 yil 5 aprel Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTBga qarashli 39-maktabga o‘qishga kirib, 2006 yilda tamomladi. 2006 yildan 2007 yilgacha Qo‘qon davlat pedagogika instituti qarashli 2-son akademik litseyida o‘qib, uni imtiyozli diplom bilan tamomladi. 2007 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga o‘qishga shartnoma asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, Tarix ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ro‘ziqulova Maftuna Yuldashevna 2010-2011 o‘quv yili uchun Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  U institutda o‘qishning birinchi yilidayoq o‘zining tashkilotchiligi, ilmga chanqoqligi, o‘qishga, topshirilgan vazifaga mas'uliyatliligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘ldi. Fanlarni yuqori ko‘rsatkichlarda o‘zlashtirishi bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi. Maftuna Ro‘ziqulova o‘zining tirishqoqligi, a'lo o‘qishi, faolligi va muomala madaniyati bilan talabalar o‘rtasida ajralib turadi. U institut yoshlar harakati a'zosi, kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh notiqlar” klubining taniqli notiqlaridan hisoblanadi. U birinchi kursligidanoq “G‘oyaviy barkamol va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning ijtimoiy falsafiy muammolari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini olib borgan. U ilmiy-tadqiqot mavzusi bo‘yicha 14 ta maqola va “Milliy ma'naviyatimiz tari...

Sherzod Muminov Ilyosovich

170c8323300ae05140ebb1e844e726bf.jpg

Sherzod Muminov Ilyosovich 1991 yil 9 aprel Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1997 yilda Qo‘qon shahar XTVga qarashli 2-maktabga o‘qishga kirib, 2005 yilda tamomladi. 2005 yildan 2007 yilgacha Qo‘qon davlat pedagogika institutiga qarashli 1-son akademik litseyida o‘qib, uni imtiyozli diplom bilan tamomladi. 2007 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga shartnoma asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabasi Sherzod Muminov Ilyosovich 2010-2011o‘quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Sherzod Muminov sport sohasi bo‘yicha institut miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlarda muntazam ishtirok etib, yuksak muvaffaqiyatlarga sazovor bo‘lib kelmoqda.  “Universiada 2010” Respublika bosqichida Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Institut miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konferensiyada o‘zining maqolasi bilan ishtirok etdi.  2010 yil 18-21 noyabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Talabalar festivali” doirasida “Yoshlar va mamlakatni innovatsion rivojlantirish” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchisi.  «Barkamol avlodni tarbiyalashda...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit