Matematika

Natijalar 31—38 jami 38 tadan

Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi

4bb28e22f07313d14fe611e35f8a9de9.jpg

Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi 1991yil 24 oktyabr Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1997 yilda tumandagi 32-maktabga o‘qishga kirib, 2008 yilda tamomladi. 2008 yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining matematika-informatika fakultetiga o‘qishga davlat granti asosida qabul qilindi.  Qo‘qon davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti 4- bosqich talabasi Mamasoliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi2011-2012 o‘quv yilida Ulug‘bek nomidagi davlat stipendianti bo‘ldi.  Talabalik davrining ilk kunlaridanoq ustoz va murabbiylar nazariga tushgan Muxtasar turli tanlov va tadbirlarda faollik ko‘rsatdi. Talabalar orasida o‘tkazilgan turli tadbir va tanlovlarning tashkilotchilaridan biri va faol ishtirokchilaridandir.  U matematika sohasiga doir bir qancha qo‘shimcha ilmiy asarlar, risolalar, maqolalarni qunt bilan mutolaa qildi, talabalar ilmiy-amaliy anjumanida o‘zining anchayin pishiq, sermazmun, ilmiy jihatdan asoslangan ma'ruzalari bilan doimiy ravishda qatnashib keldi.  Muxtasar o‘qish bilan birgalikda ilmiy izlanishlar ham olib bordi, uning bir qancha ilmiy ishlari turli gazeta va jurnallarda, kitoblarda nashr qilingan. “O‘rta umumta'lim maktablarining 5 – 7- sinflarida matematika o‘qitishda o‘quvchilarning deduktiv tafakkurini rivojlantirish”, “Tekislikdagi geometrik figuralar orasidagi metrik munosabatlar”, “Об одной задаче для у...

Avezov Salamat Yuldashevich

12ed382c3be63ecb9dd3eb3c00b984c6.JPG

2010 yil O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi stipendianti.1983 yil 27 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. 2008-2012 yillari TATU Nukus filiali talabasi. Bugungi kunda TATU Nukus filialida ishlaydi...

Sadatdinov Quanish Yernazarovich

338bb7166c9f4096440a7556ee5b4578.JPG

2010 yil «Mehr nuri» jamg'armasi Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi g'olibi.2011 yil «Kelajak ovozi» yakuniy bosqich g'olibi. 1990 yil 1 aprelda tug'ilgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonliko'l tumanida tug'ilgan. Hozirgi vaqtda TATU «Telekommunikatsiya texnologiyalari» mutaxassisligi 2-bosqich magistranti...

Koshchanova Durdona Ermatovna

f454dc822c35ca58458450d7dceb7761.jpg

2012 yilda Oliy talim muassalari talabalari uchun ta’sis etilgan “Ulug`bеk” nomli davlat stipеndiyasi sohibasi bo`ldi.1990 yil 25 iyulda Urganch shahrida tug`ilgan. 1997-2001 yillarda o`rta maktabda, 2001-2006 yillarda Urganch shahridagi 21-sonli litseyda, 2006-2009 yillarda Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyda aniq fanlar yo`nalishi bo`yicha ta`lim olgan. O`qishga 2009-2013 yillarda Urganch davlat universitetining fizika-texnika fakulteti fizika yo`nalishiga tahsil oldi. O`qish davrida bir nеcha marotaba olimpiada va turli tanlovlar g`olibasi bo`lgan. 10 dan ortiq maqola va tеzislar muallifi. 2013 yildan O`zbеkiston Milliy univеrsitеti fizika fakultеti 1-kurs magistranti...

Isroilova Lola Sunnatovna

14da437a8e45f4fd9928eee9fe12a630.jpg

2011 yilda O'zbekiston Respublikasi “Ulug'bek” nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.Isroilova Lola Sunnatovna 1990yil 22 aprelda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug'ilgan. 2008 yilda Navoiy davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakulteti “Matematika-informatika ta'lim yo'nalishi”da o'qishga qabul qilindi. 2008 yil “Kelajak ovozi-2008” iqtidorli yoshlar Respublika tanlovida “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari” yo'nalishida o'zi yaratgan “Rushana.uz” veb-sayti bilan ishtirok etib, tuman, viloyat, respublika bosqichida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi. 2009 yil akademik litsey va kasb-ҳunar kollejlari iqtidorli o'quvchilarining Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga qatnashib “Aniq fanlar” yo'nalishida viloyat bosqichida 1-o'rinni egalladi va respublika bosqichida “Eng samarador loyiha” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.2010 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyat Kengashi va Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan “Iqtidorli qizlar” turkumiga kiruvchi “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida o'tkazilgan insholar tanlovining viloyat bosqichida 1-o'rinni egalladi...

Hamidova Aziza Hayrullayevna

588bcda6860866bb2a66d5014fb3b622.jpg

Mirzo Ulug'bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori.1991 yil 16 martdaTermiz shaxrida“Do'stlik” mahallasida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 1996 yilda 3-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 1 – sinfga qabul qilindi. 2007 yilda Termiz tuman 8- umumiy o'rta ta'lim maktabini a'lo baxolar va namunali xulqi bilan yakunladi.2007-yil Termiz Davlat Universitetining Fizika-matematika fakultetining talabalar safiga qabul qilindi . Xozirgi vaqtda 4-bosqich talabasi...

Davlatov Abror Borijon ўg'li

79b8d98bc51203fe9d540f0443696190.jpg

2011 yil Ulug'bek nomli davlat stipendiat sohibi bo'lgan. Davlatov Abror Borijon o'g'li 1991 yil 11 dekabr Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani Axsi qishlog'ida tug'ilgan.2009-2010 yillar u Namangan davlat universitetiningfizika-matematika fakultetiga o'qishga qabul qilindi.A.Davlatov o'qish jarayonida ko'plab ilmiy maqolalar chop ettirdi va turli tanlovlarda ishtirok etdi. Jumladan, “Лучшая идея по адаптация к глобалному изменению климата 2012” nomli tanlov g'olibi, 2012 yil Respublika fan olimpiadasi fizika fani bo'yicha II-bosqichda 3-faxriy o'rinni egallagan. Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi “Namangan viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda innovatsion faoliyatlar bo'yicha bilim va tajribalarni shakllantirish va ilmiy, ijodiy ishlarga jalb etish” loyihasi doirasida innovatsiya va innovatsion faoliyatlar bo'yicha nazariy kursni tamomlagan. Bugungi Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakultetining fizika yo'nalishi bo'yicha IV bosqich talabasi, shuningdek, “Nano o'lchamli yarim o'tkazgichlarda elektron energetik holatlarni o'rganish” mavzuida ilmiy ish olib bormoqda...

Jo'rayeva Umida Jo'rayevna

71b1d3bd1f9e220a7e6974d99157882f.jpg

2013-2014 o‘quv yilida “Tabiiy fanlar” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.1992 yil 2 oktyabrda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.Umida Jo‘rayeva 2008 yili xalqaro olimpiada tanlovining Respublika bosqichida qatnashib faxrli II -o‘rinni egalladi va shu yili Moskva shahrida aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlardan bo‘lib o‘tgan VI xalqaro olimpiadada qatnashib, sertifikatni qo‘lga kiritdi.2009 yilda matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning viloyat bosqichida II o‘rinni, 2010 yilda shu olimpiadada qatnashib, faxrli I-o‘rinni egalladi. 2010 yil yanvar oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan VI xalqaro Jautikov olimpiadasida va “Buyuk ipak yo‘li” olimpiadalarida muvafaqqiyatli qatnashdi.Umida Jurayeva 51-xalqaro matematika olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga birinchi o‘rinda qabul qilindi. Shu yilning iyul oyida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 51-xalqaro matematika olimpiadasida kumush medal sohibasi bo‘ldi. Erishgan yutuqlari natijasida Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyozli ravishda qabul qilindi.2011 yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Umida Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2012-2013 o‘quv yilida esa Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. ...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit