Matematika

Natijalar 21—30 jami 38 tadan

Diyora Salimova

Maktab o'quvchilari o'rtasida 49- ҳamda 50- xalqaro matematika olimpiadalarining bronza va kumush medali sohibi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati. 2009 yilda Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilingan.Tarjimai holDiyora Salimova 1990 yilda tug'ilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. Maktab o'quvchilari o'rtasida 49- hamda 50- xalqaro matematika olimpiadalarining bronza va kumush medali sohibi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati. 2009 yilda Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyoz asosida o'qishga qabul qilingan.2006 yil akademik litseyda o'qiy boshlagan Diyora bu yerda o'zining noyob iqtidori bilan barchani hayratga soldi.Undagi qobiliyatni payqagan matematika o'qituvchilari Sherzod Do'stov, Jamshid Rasulov Diyora bilan yanada chuqurroq shug'ullana boshladi. Dastlab, uning "Tengsizliklarni ekstremumlar yordamida isbotlash" va "Cheva teoremasi" nomli maqolalari nashr qilindi.2008 yilda Diyora ilk katta muvaffaqiyatga erishdi. 10-22 iyul kunlari Ispaniya poytaxti Madrid shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan 49-xalqaro matematika olimpiadasida 6 o'quvchidan iborat o'zbekiston terma jamoasi 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ular orasida Diyora Salimova ham bor edi.Muvaffaqiyatdan ruhlangan Diyora o'z ustida tinimsiz ishlashda davom etdi. O'sha yili Turkiya, Qo...

Yusupov Alisher Berdiyor o'g'li

88f3322a4bf226cf2a437fbc59024aed.jpg

Yusupov Alisher Berdiyor o'g'li - 1991 yil 11 iyulda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida tug'ilgan. So'ng Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanidagi 4-o'rta maktabni bitirdi. Ayni chog'da Samarqand davlat universitetining Kimyo yo'nalishi bo'yicha tahsil olmoqda. Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: yo'qErishgan natijalari:2014-2015 o'quv yilida Ulug'bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori...

Usmonova Gulasal Normuhammad qizi

5f3ed91ed83b146c6f375cd49691da85.jpg

Tug'ilgan yili, kuni va joyi: 15.12.1993 yil Namangan viloyati Yangiqo'g'on tumani Iskovot qishlog'i Madaniyat mahallasida tavallud topgan.Ta'lim olgan/olayotgan maktabi: Namangan viloyati Namangan shahridagi 49-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil olganTahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi IV-kurs talabasi.Faoliyat yo'nalishi: “Xoreografiya jamoalari rahbari” Xalqaro tadbirlaridagi ishtiroki: 2011 yilda Qozoғiston Respublikasida bo'lib o'ўtgan “Madaniyat va ma'rifat” kunlari tadbirlarida ishtirok etgan. 2014 yil 26-28-sentyabr kunlari “Hindiston Respublikasida o'tkazilgan “Madaniyat va ma'rifat” kunlari tadbirida ishtirok etgan.Erishgan natijalari: 2010 yil O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi jamg'armasi hamda “Kamolot ” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan “Kelajak ovozi” respublika tanlovida“Badiiy ijod ” nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi.2012-yilda Fond-forum va “Mehr nuri” jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” dasturi g'olibi. Gulasal Usmanova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining viloyat boskichida,“ Hihol” davlat mukofotining viloyat bosqichlarida 1- o'rinlarni qo'lga kiritdi va respublikaga yo'llanma oldi.2011 yilda Samarqandda bo'ўlib o'tgan “Yosh ijrochilar” respublika ko'rik-tanlovida II –Darajali Diplomi bilan taqdirlandi.Namangan viloyatida bo'lib o'tgan“Iktidor 20...

​Mullajonova Jumagul Vahobjon qizi

ab244b11bfa36ad4406abd4c96f8b1d1.jpg

Mullajonova Jumagul Voxobjon qizi — 1991 yil 15.02. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tavallud topgan.U Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti, matematika yo‘nalishi 4-kurs talabasiErishgan natijalari:Mullajonova Jumagul Voxobjon qizi hozirda fizika matematika fanlari nomzodi dotsent Abdulaziz Karimjonov rahbarligida nazariy matematikaning dinamik sistemalar turg‘unligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Izlanishlar natijasi sifatida 2013 yilda “Matritsalar nazariyasining tanlangan boblari”nomli o‘quv qo‘llanmani (hammualliflikda) nashr ettirdi. Jumagul Mullajonovaning ADU ning “Ilmiy xabarnoma” jurnalida 2012 yil 2 ta, 2013 yilda 1 ta maqolasi (hammualliflikda) nashr etildi. Bugunga qadar J.Mullajonovaning 10 ga yaqin maqola va tezislari nufuzli ilmiy jurnal va to‘plamlarda nashr yuzini ko‘rdi va mutaxasislar tomonidan e'tirof etildi.2014-2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi. ...

​Abdikarimov Faxriddin Bahrom o’g’li

81e01cfa648f38adeafbfb12251bf336.jpg

Abdikarimov Faxriddin Bahrom o’g’li — 14.07.1992 yil Xorazm viloyati, Shovot tumani, Beruniy fermerlar uyushmasi, Katqal'a qishlog’ida tavallud topgan. Shovot tumanidagi 49-son maktabni tugatgan.Urganch Davlat Universitetining “Matematika” mutaxassisligi, 2-bosqich magistranti.Erishgan natijalari: 2014 yil O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prezidenti Davlat stipеndiyasi sohibi. 2012 yil 9-10 noyabr kuni Urganch Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan «Matematik analizning dolzarb muammolari» Respublika ilmiy anjumanida faol qatnashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan...

Musurmonova Ma'mura Omon qizi

591dadb429cc44ffc24f3600980f86b1.jpg

Familiya, ismi-sharifi: Musurmonova Ma'mura Omon qiziTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 27.04.1992 yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tavallud topganTa'lim olgan/olayotgan maktabi: Qarshi shahar 15-o‘rta maktabTahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Qarshi davlat universitetiFaoliyat yo‘nalishi: Amaliy matematika va informatika yo‘nalishiErishgan natijalari: 2014 yil “Ulug‘bek” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori...

Xodjamuratova Indira Azatovna

0c999bd180f335f03bcd6d0445479f27.jpg

Familiya, ism-sharifi: Xodjamuratova Indira AzatovnaTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 1994 yil 9 yanvar Nukus shahrida tavallud topganTa'lim olgan/olayotgan maktabi: 7-sonli maktabda ta'lim olganTahsil olgan/olayotgan oliy ta'lim muassasasi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat UniversitetiFaoliyat yo‘nalishi: MatematikaErishgan natijalari: 2012 yil Respublika fan olimpiadasi matematika fani bo'yicha 4-o‘rin sohibi, 2014 yil Ulug‘bek nomidagi davlat stipendianti ...

Atoyeva Ruxsora Ato qizi

2012-2013 yil Uluғbek nomidagi davlat stipendiya sovrindori, 2013 yil 2 sentyabrdan O'zbekiston respublikasi Milliy universiteti magistri. Universitet va shahar miqyosida o'tkazilgan turli tadbirlar va fan olimpiadalarida faol qatnashgan. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faol a'zosi. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Mustafoyeva rahbarligida “Banandoshlar oilasiga mansub banan o'simligini introduksiyalash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.5 ta chet el jurnallarida, 10 ga yaqin respublika jurnallarida maqolalar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar chop etgan...

Shamsiyeva Malika Shuhratovna

2010-2011 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi tibbiyot institutlari talabalari uchun ta'sis etilgan faxrli «IBN SINO» nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi. 1988 yil Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan. 2005 yilda Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakultetiga test sinovlaridan muvaffaqiyat bilan o'tib, grant asosida o'qishga qabul qilingan. Shamsiyeva Malikaning 54 ta ilmiy maqola va tezislari nashr ettirilgan (shulardan 4 tasi xorijiy matbuotda) chop ettirilgan. U Respublikada o'tkazilgan bir qator xalqaro konferensiyalarda o'z ma'ruzalari bilan qatnashib I darajali to'rtta diplomlar sovrindoridir. 2012 yil Samarqand davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, akusherlik va ginekologiya mutaxassisligi bo'yicha magistraturaga o'qishga qabul qilingan va hozirgi vaqtda magistraturada tahsilini davom ettirmoqda...

Ruhitdinova Naima Husan qizi

Ruhitdinova Naima Husan qizi 2013-2014 o'quv yili uchun o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sovrindori.1992 yil 6 aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tavallud topgan. 1998 yil Parkent tumanidagi 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 1 sinfiga qabul qilingan va 2009 yil 11 sinfni tamomlagan. 2010 yil Toshkent davlat agrar universitetining “Seleksiya, urug'chilik va o'simliklarni himoya qilish” fakulteti agrokimyo va tuproqshunoslik yo'nalishiga shartnoma asosida qabul qilindi. Hozirda shu yo'nalishning 4 bosqich 4-68 guruh talabasi. O'qish davrida 12 ta ilmiy maqola chop ettirgan. 10 dan ortiq sertifikat va faxriy yorliqlar sohibasi. 2012 yil “Zulfiya” nomli Davlat mukofotining viloyat bosqichi 2-o'rin sohibasi. “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining 2 o'rinni egallagani uchun jamoaviy diplom egasi bo'ldi...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit