Matematika

Natijalar 11—20 jami 38 tadan

Maxmudov Shohbek Behzod o'g'li

5d737e8035ae8dbd106fc3ebf10dc996.jpg

Maxmudov Shohbek Behzod o‘g‘li 2002 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U Yakkabog‘ tumanida 37- maktabning 7- sinf o‘quvchisi. Xalqaro matematika musobaqasida yakkalik baxslarda Faxriy yorliq sohibi...

Norboyev Jahongir Jurabek o'g'li

c40a6c3bccf47b2067e03d7f90ae4337.jpg

Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li 2003 yil 12 mayda Buxoro viloyati Peshku tumanida tug‘ilgan. Peshku tumanida 18-maktabda o‘qiydi. Xalqaro matematika musobaqasida yakkalik bahslarda Faxriy yorliq sohibi...

Neymatov Eldor Qosim o'g'li

7eccca35793cdaadd989e18f4e44334a.jpg

Neymatov Eldor Qosim o'g’li 2003yilda 23 iyunda tug’ilgan.1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaalim maktab internati o'quvchisi. Xalqaro matematika musobaqasida yakkalik baxslarda 3-o'rin, bronza medali sohibi...

Xasanov Shahboz G'olibjon o'g'li

ff6f26937083b25210baf432ca65c18c.jpg

Hasanov Shaxboz G’olibjon o'g’li 2003 yil 9 iyunda Buxoro viloyati Qorako'l tumanida tug’ilgan. 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaalim maktab internati o'quvchisi. Xalqaro matematika musobaqasida yakkalik baxslarda 3-o'rin, Bronza medali soxibi, jamoaviy bellashuvda faxrli Ikkinchi o'rin sovrindori...

Sulaymonov Mirsaid Muxiddin o‘g‘li

e8aace1ef94234adb35511833a01bf64.png

Familiya, ism-sharifi: Sulaymonov Mirsaid Muxiddin o‘g‘liTug‘ilgan yili, kuni va joyi: 12.12.1992 Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: iqtisodiyot kolleji Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Fizika-matematika fakulteti Matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Faoliyat yo‘nalishi: matematika Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: yo‘q Erishgan natijalari: 2015 yilda Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Tarjimai hol: Men, Sulaymonov Mirsaid Muxiddin o‘g‘li 1992 yil 12 dekabrda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida tug‘ilganman. 1999 yil 1 sentyabrda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi 27-o‘rta maktabning 1 sinfiga qabul qilindim. So‘ngra 2008 yilda shu maktabni tamomladim. Shu yili Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi iqtisodiyot kollejiga moliya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirib, 2011 yilda tamomlab, 2012 yilda Qo‘qon Davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti matematika o‘qitish metodikasi yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirdim. Xozirda shu yo‘nalishning 4 kurs talabasiman. ...

Ibragimov Zarif Olim o'g'li

835899f4d4480933df3cc95f668fa579.png

Familiya, ism-sharifi:Ibragimov Zarif Olimo'g'liTug'ilgan yili, kuni va joyi: 1994 yil, 11 iyul, Jizzax viloyati G'allaorol tumaniTa'lim olgan maktabi: Samarqand shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 24-umumta'lim maktab (2000-2007), Samarqandshahar 1-son ixtisoslashtirilgan fizika-matematika maktabi (2007-2009), Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi 1-son akademik litsey (2009-2012)Tahsil olgan oliy ta'lim muassasasi: Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiFaoliyat yo'nalishi: matematikaXalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2010 yil Astana, Qozog'iston 51-Xalqaro Matematika Olimpiadasi 2011 yil Amsterdam, Gollandiya 52-Xalqaro Matematika Olimpiadasi 2012 yil Lyon, Fransiya Yosh matematiklarning II xalqaro yozgi maktabi Erishgan natijalari: 2004 yil Matematika fanidan 4-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan maktab olimpiadasi III o'rin 2007 yil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan shaxmat musobaqasi I o'rin 2008 yil Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" insholar tanlovi I o'rin 2009 yil Matematika fanidan 9-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan viloyat olimpiadasi I o'rin 2010 yil Matematika fanidan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining II kurs o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan shahar olimpiadasi I o'rin 2010 yil Matematika fanidan akademik lits...

Kamolova Dilnavoz Ixtiyor qizi

2013 yilda esa iqtidorli talaba Kamolova Dilnavoz Ixtiyorovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori. U 1990 yil 11 mayda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2008 yil Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakulteti Fizika-astronomiya ta’lim yo‘nalishida grant asosida o‘qishga qabul qilindi.Tarjimai hol2010-2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.2011-2012 o‘quv yilida esa O‘zbekiston Respublikasi Fond Forum va "Mehr nuri" jamg‘armalari tomonidan tashkil etilgan "Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi" ning g‘olibi bo‘ldi...

Kahhorov Siyovush Xudoyorovich

19d2fd2f9e89c031e53b0433658105e3.png

2013-2014 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasining Navoiy nomidagi nomdor Davlat stipendiyasi sohibi. Tarjimai hol 5 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Bugungi kunda "Yoshlarning harbiy tayyorgarligini rivojlantirish asosida ularda Vatanparvarlik xislatlarini rivojlantirish" mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda...

Shopo‘latov Shomurod Shorasulovich

c9019baf28fdcb1ca62c555c7b6b3327.jpg

b9b1328b5a37b666cc934e296ebc2860.png

2001-2009 yillari Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qib, uni imtiyozli bitirgan.2007 yil shaxmat bo‘yicha Toshkent ochiq chempionatida faxrli I o‘rinni egallagan. Shu yili 30 iyun kuni esa ushu sport turini o‘rganishdagi sa’y-harakati uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan. Shaxmat sport turi bo‘yicha 2 razryadga ega. 2009 yil maktabni a’lo baholarga bitirib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Mirzo Ulug‘bek akademik litseyiga imtihon asosida qabul qilingan. Shu yili matematika fanidan bo‘lib o‘tgan ichki olimpiadada qatnashib, I o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda matematika fanidan bo‘lib o‘tgan “Yosh matematiklar” bellashuvida faxrli I o‘rinni egallagan.2011-2012 o‘quv yilida fizika fanidan litseyning ichki olimpiadasida qatnashib, I o‘rin sohibi bo‘ldi. 2012 yilning mart oyida Toshkent shahrida har yili bo‘lib o‘tadigan shahar olimpiadasida faxrli II o‘rinni egalladi. Respublika fan olimpiadasida qatnashish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Shu yilning may oyida esa fizika fanidan Respublika olimpiadasida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shu yili litseyni a’lo baholarga bitirib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti matematika yo‘nalishi birinchi bosqichiga imtihon topshirib, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.2012 yili “Matematik analiz” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Matematika...

Yuldashova Nigora Anvarovna

Ta`lim olgan/olayotgan maktabi:№ 9-sonli maktabTahsil olgan/olayotgan oliy ta`lim muassasasi:Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiFaoliyat yo`nalishi:Matematika o`qitich metodikasiHalqaro tadbirlardagi ishtiroki: -Erishgan natijalari: Yil Tadbir nomi Natijasi 2015 y mart 2014-2015 o`quv yili uchun institut miqiyosida o`tkazilgan Ajiniyoz nomidagi stipendiya tanlovi Tanlov g`olibi 2015 y sentyabr 2015-2016 o`quv yili uchun o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi nomdor davlat stipendiyalari tanlovi Navoiy nomidagi stipendiya g`olibi Tarjimai hol:Men Yuldashova Nigora Anvarovna 1993 yil8 noyabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi Shumanay tumanida tug`ildim. Millatim o`zbek. 2009 yili Shumanay tumani XTBga qarashli 9-sonli umumiyo`rta ta`lim maktabining 9 sinfini a`lo baholar bilan tugatib, Shumanay tumanidagi 1-sonli Qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejiga o`qishga kirdim va 2012 yili mazkur litseyni a`lo darajali diplom bilan bitirdim.2013-2014 o`quv yilidaAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 5110100–Matematika o`qitish metodikasi bakalavr ta`limyo`nalishiga davlat granti asosida o`qishga qabul qilindim. O`qish bilan birgalikda f-m.f.n. G.Qaypnazarovaning rahbarligida«Geometriya darsida ikkinchi tartibli chiziqlarni urgatish metodlari» mavzusida ilmiy-tadqot ishini olib barmoqdaman. O`quv va ilmiy ishlarim natijalari bo`yicha 2014-2015 o`quv yilida institut miqyosida o`tkazilgan Ajiniyoz Qosibay o`g...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit