Kimyo

Natijalar 21—24 jami 24 tadan

Salijonova Shaxnoza Dilmurod qizi

8c82ee2f8040436aae22351ec11aeabb.jpg

2012-2013 o‘quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Salijonova Shaxnoza 1990 yil 10 martda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Oziq-ovqat texnologiyasi (yog‘ va moylar texnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturaga o‘qishga qabul qilindi. Institut talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati a'zosi.U dotsent P.Ilxamdjanov ilmiy rahbarligida “Margarin ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini olib bormoqda. Institut, respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda, turli tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallab, faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 8 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. “Umidli kimyogarlar-2012” ilmiy-texnikaviy anjumanda birinchi o‘rinni egallagan.2013 yilda “Oziq-ovqat texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirdi. Hozirgi kunda 1-bosqich magistranti. ...

Usmonov Ikromjon Tojiboyevich

283056087aa248b061e47a57bca00a3a.jpg

2012-2013 o‘quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.Usmonov Ikromjon 1989 yil 13 avgustda Toshkent viloyatida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.2009 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga "Kimyoviy texnologiya" (yuqori molekulali birikmalar texnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturaga o‘qishga qabul qilindi. Institut talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati a'zosi bo‘lib, hozirgi kunda dotsent A.B Jo‘rayev ilmiy rahbarligida “To‘rtlamchi ammoniyli tuzlari asosida poliefirlar sintez qilish” mavzusida ilmiy ishini olib bormoqda. Institut, respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda, turli tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 8 ta ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan.”Eng yaxshi gurux sardori” nominatsiyasi g‘olibi. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi yoshlarni qo‘llab quvvatlash “Ulug‘bek” jamoat fondi tomonidan ilmiy-tadqiqot va Respublika miqyosidagi jamoat ishlarida faol bo‘lganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan “Ulug‘bek jamoat fondi” stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. “Umidli kimyogarlar-2012” ilmiy-texnikaviy anjumanda 3-o‘rinni egallagan.2013 yilda “YUqori molekulali birikmalar texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirdi. Hozirgi kunda1-bosqich magistranti. ...

Maripova Fotima Shakarbek qizi

bca12a1ae972b2802467ef29b05557a1.jpg

2011-2012 o‘quv yilida Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Maripova Fotima 1990 yil 1 dekabrda Andijon shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.2008 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga “Oziq-ovqat texnologiyasi (Qand va bijg‘uvchi mahsulotlar texnologiyasi)” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriaturaga o‘qishga qabul qilindi. Institut talabalar ilmiy-ijodiy jamiyati a'zosi. Maripova Fotima proffesor Y.Q.Qodirov ilmiy rahbarligida “So‘ya moyini gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini olib bormoqda. Institut, respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy anjumanlarda, turli tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 6 ta ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan.2011 yilda “Oziq-ovqat texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirdi. Hozirgi kunda 2-bosqich magistranti. ...

Ahmedov Shuhrat Qurvondurdiyevich

270c04b72aa3f6ce63b34f41a5d07a81.jpg

2012 yil “BERUNIY” nomli davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. 1989 yil 21-noyabrda Xorazm viloyati Urganch tumani G‘aybu qishlog‘ida xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.2003 yildan boshlab o‘qishni Urganch tumani Paxtakor jamoa xo‘jaligidagi 45-son ixtisoslashtirilgan maktab internatda davom ettirgan. 2006 yil kimyo fanidan viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi. 2008 yilgi viloyat olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, 42-xalqaro Mendeleyev olimpiadasining saralash bosqichlarida faol qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.2008 yil 45-son ixtisoslashtirilgan maktab internatini a'lo baholarga muvaffaqiyatli tamomladi va shu yili Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etish” fakulteti “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishiga hujjatlarini topshirib, test sinovlaridan a'lo darajada o‘tib, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan.2010 yilda Toshkent davlat agrar universiteti Harbiy kafedrasi “Oziq – ovqat ta'minotini tashkillashtirish” yo‘nalishiga tanlov asosida o‘qishga qabul qilindi. 2010 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Respublika til o‘qitish markazini Ingliz tili kursini 3 oylik jadal tarzda tugatib sertifikat oldi. Shu yili “Intellekt-lobar” o‘quv markazini komp'yuter savodxonligini a'lo bahol...

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit